Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

sistinoz 
va
 
Abdergalden-Fankoni
sindromi 
hisoblanadi. Har ikkala holatda ham 
aminokislotalarning (sikliklardan tashqari) absorbsiyasi izdan chiqadi. Bunda 
aminokislotalarning ekskreksiyalanishi 5-10 martaga, sistin va sisteinniki esa 20-
30 martaga oshib ketadi. Ko‗pincha aminokislotalarning buyrakdagi so‗rilishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan irsiy kasalliklar uchraydi. Sistin ilik, taloq, jigar, ko‗zning shoh 
pardasini retikular hujayralarida to‗planadi. 
Sistinuriya
ham irsiy kasalliklar jumlasiga kiradi, bunda siydik bilan birga 
sistin, lizin, arginin va ornitin aminokislotalari 50 marta ko‗p miqdorda ajratilib 
chiqadi. Bu kasallikka chalingan odamlar tashqi ko‗rinishdan deyarli sog‗lom 
bo‗lsalarda, ularning organizmida tosh hosil bo‗lishi kuzatiladi. 
Gepatoserebral distrofiya (Vilson kasalligi).
 
Bu kasallikda qon zardobi 
tarkibidagi seruloplazminning miqdori kamayib ketadi, miya, jigar va buyraklarda 
misning konsentratsiyasini oshib ketishi kuzatiladi. Kasallik genetik defekt va 
seruloplazminning sintezini izdan chiqishi bilan bog‗liq. Ba‘zi genetik kasalliklar 
aminokislotalarning almashinuvini buzilishi tufayli sodir bo‗ladi. Bu anomaliyalar 
aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etuvchi u yoki bu fermentlarning 
faolsizligiga bog‗liq.
Fenilketonuriya 

 
bu kasallik organizmda fenilalaninning tirozinga aylanish 
jarayonini katalizlovchi fermentning sintezlanishini izdan chiqishi natijasida kelib 
chiqadi. Kasallikka xos xususiyat bolaning aqliy rivojlanishini susayishi va siydik 
bilan fenilpirouzum kislotaning ekskretsiyalanishi hisoblanadi. 
Albinizm
kasalligi teri, soch, ko‗zning to‗r pardasida pigmentatsiyaning 
bo‗lmasligi bilan tavsiflanadi. Bu kasallik organizmning tirozinaza fermentini 
sintezlash qobiliyatining yo‗qolishi (melanogenez) bilan bog‗liq. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin