54
O`quvchilarga misol va masalalarni hayotga
moslashtirib, hayotimizdan
misollar keltirish orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va matematik bilimlarini
rivojlantirish.
Dars turi:
aralash, noan'anaviy.
Jihozi:
Darslik, harakatli ko`rgazma qurollari, tartib raqamlar, figuralar,
matematik o`yinlar, sehrli bog`dagi daraxtlar, tarqatmalar, testlar.
Texnik vositalar:
Televizor, DVD, proyektor, ekran,
Bizning shiorimiz:
―Har sohada a`lo natijalarga erishish‖
Darsning borishi:
O`qituvchi:
Bir
haftada yetti kun,
Yetti kunu yetti tun.
To`g`ri ayting bolalar,
Ayting bu kun – qaysi kun?
Navbatchi hisoboti tinglanadi. O`quvchilarni va sinf xonasini darsga
tayyorgarlik holati nazorat qilinadi.
O`qituvchi:
Hozir qish fasli. Qishda qanday bayramlar nishonlanadi?
Qorning ahamiyati bormi?
O`quvchi:
8-dekabr –
Konstitutsiya bayrami, 1-yanvar – Yangi yil
bayrami, 14-yanvar –
Vatan himoyachilari kuni, 9-fevral – A.Navoiy tavallud
topgan kun, 14-fevral – Z.M.Bobur tavallud topgan kun.
O`quvchi:
Ha albatta qorning ahamiyati bor. Chunki ona yerimiz uchun
qor ozuqa hisoblanadi, yer yog`ingarchilikka to`yinsa hosil mo`l bo`ladi.
O`qituvchi:
Qani bolajonlarim,
Mehri qaynoq buloqlarim.
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchilar:
Ustoz bizlar sog`lommiz,
Darsga to`liq tayyormiz.
55
Dars o`quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadida she'r bilan boshlanadi.
Matematika fani,
Sevmas taxmin timsolni.
To`rt amalni o`rgansang,
Jon yechasan amalni.
Matematika fanlar ichida shoh,
Uning sirlaridan bo`lingiz ogoh.
1. Matematika kitobimizning muallifi kim? -
N.U.Bikboyeva, E.Yangabayeva, K. M. Girfanova.
2. Matematika faniga qo`yilgan talablar ?
-
1.
1000 000 ichida sonlarni o`qib yoza olish.
2. 100 ichida katta sonlar bilan esa yuz
ichida amallar bajarishga
keltiriladigan hollarda to`g`ri va tez og`zaki hisoblay olish.
3. Ko`p xonali sonlarni yozma qo`shish va ayrish.
4. Ko`p xonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma
ko`paytirish va bo`lishni hamda hisoblash natijalarini to`g`riligini tekshirish.
5. 1-2 amalni o`z ichiga olgan masalalarni yecha olish.
6. 1-3 amalni o`z ichiga olgan qavsli va
qavssiz sonli ifodalarning
qiymatlarini hisoblay olish.
1-o`quvchi: Sanoq sistemasini
Yaxshi bilishim kerak.
Yuz ichida og`zaki,
Qo`shib ayirshim kerak.
2-o`quvchi: Juftlik, o`nliklar bilan
Sanay olishim kerak
Ko`paytirish jadvalin,
Puxta bilishim kerak.
O`qituvchi: O`zbekiston prezidenti kim? – SH.M.Mirziyoyev.
56
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan yangi 2018 – yilga qanday nom
berildi? –Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab
quvvatlash yili
Dostları ilə paylaş: