Bugun odamlar uyg‘onmoqda, jamiyat uyg‘onmoqda. Ma’naviy uyg‘oq jamiyat — bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir. O‘zingiz ayting, atigi bir necha yil oldin bunday natijalarni tasavvur qilish mumkinmidi? Yo‘q, albatta. Shuning uchun bugungi O‘zbekiston — kechagi O‘zbekiston emas, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas ,
deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Ayni paytda
yana bir haqiqatni unutmasligimiz lozim:
bugungi O‘zbekiston – bu hali tom ma’nodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan Yangi O‘zbekiston emas. Hali bu marraga yetish uchun oldimizda juda olis va mashaqqatli yo‘l turibdi. Yo‘limiz shu paytgacha oson bo‘lgani yo‘q, bundan keyin ham oson bo‘lmaydi. Lekin biz dadil oldinga borishdan, kerak bo‘lsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan noan’anaviy qarorlar qabul qilishdan cho‘chimasligimiz zarur”, — deya alohida ta’kidladi.
Prezidentimizning bu so‘zlari bugun har bir fuqaro ko‘nglidagi gap, desak, aslo
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, jamiyatdagi har bir o‘zgarish, yangilanish,
islohotlarning borishi, korrupsiyaga qarshi kurash haqida mulohaza bildirib,
keyingi paytlarda o‘z vazifasini suiste’mol qilish, tamagirlik ko‘rinishlari kamayib
borayotgani, jamiyat hayoti erkinlashgani, odamlar yengil nafas olayotganini
e’tirof etdi. Jamiyatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar, iqtisodiyot, uy-joy,
savdo-sotiq bilan bog‘liq jarayonlar oshkora, ko‘pchilik nazoratida, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri amalga oshirilayotganini dunyo jamoatchiligi ham muhim demokratik
o‘zgarish sifatida baholamoqda.
Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda,
Yangi O‘zbekiston — bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarashdir. Prezidentimiz bu fikrga urg‘u berar ekan, taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi
eng ustuvor vazifalarni yana bir bor ko‘rsatib berdilar. Bunda ijtimoiy siyosat
mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Bu borada “Temir daftar”