Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Саидов Бахтиёр Одилович
Министр народного образования 
 
Республики Узбекистан
29 ноября 2021 года


15
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Voxobjon Turajanovich RAJAPOV, 
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi 
 
vaziri oʻrinbosari
MAMLAKAT KELAJAGI UCHUN
MAS’ULLIK HISSI
Davlatimiz 
rahbari 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
“Yangi 
O‘zbekiston” 
gazetasi bosh muharririga bergan intervyusi keng jamoatchilik o‘rtasida 
qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston aholisi va xalqaro 
jamoatchilik Prezidentning har galgi chiqishlarini katta qiziqish bilan kutib 
oldi. Mamlakatimizdagi islohotlar, jamiyatdagi yangi tamoyillarni hayajon bilan 
kuzatgan hamda davlatimiz rahbarining murojaati, nutqi va mulohazalarini 
ko‘p bor ko‘rgan, tinglagan, e’tirof etgan. Biroq “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 
bosh muharriri savollariga javobi — Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik davrida 
amalga oshirilgan ishlarga yangicha formatdagi tahlili o‘laroq, matbuotda e’lon 
qilingani alohida ahamiyatga ega ekanligi bois barchaning e’tiborini tortdi. 
Xo‘sh, bu o‘ziga xoslik dastavval, nimalarda ko‘zga tashlanadi? Avvalo, xalqimiz 
mustaqillikka erishgandan so‘ng bosib o‘tgan 30 yillik tarixiy davrda amalga 
oshirilgan demokratik o‘zgarish, ijtimoiy-siyosiy jarayon, yangilanishlarning 
mazmun-mohiyati, ozod va erkin, adolatli jamiyat barpo etish yo‘lidagi og‘ir, 
mashaqqatli sinovlar, taraqqiyot yo‘li chuqur tahlil etib berilgani e’tiborga 
molik. Shu bilan birga, ayni kunlarda istiqlol bayrami oldidan mamlakatimizda 
olib borilayotgan tayyorgarlik, joylardagi keng ko‘lamli bunyodkorlik va 
obodonlashtirish ishlari, jumladan, poytaxtga tutash 100 gektardan ortiq ulkan 
hududda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hamda betakror Mustaqillik majmuasi 
qurilayotgani, eng ulug‘, eng aziz bayram mana shu yangi maydonda o‘tkazilishi 
haqida fikrlar har bir fuqaro qalbiga faxr tuyg‘usini soldi. 
Davlatimiz rahbari o‘tgan yillarda xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan 
o‘zgarishlar, xususan, Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan 
munosib o‘rin olgani, O‘zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilgani, 
konstitutsiyaviy tuzumga asos solinib, tinch-osoyishta hayot hamda milliy 
manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar tashkil 
etilgani, milliy valyuta va oltin-valyuta zaxiralari shakllantirilgani, boy madaniy 


16
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
meros, milliy-diniy qadriyatlar asosida o‘zligimiz tiklanganini alohida ta’kidladi. 
Lekin bu o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan amalga oshmagani ayon. Taraqqiyot yo‘limiz 
xato va kamchiliklardan ham xoli bo‘lmadi, demokratik jamiyat barpo etish 
jarayonlari murakkab va tahlikali bo‘lib, ularni ijobiy hal etishda ba’zan bilim 
va tajriba, iroda va qat’iyat yetishmagani ham ochiq-oydin tan olindi. Muhimi, 
mamlakatimizni taraqqiyotning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarish, mazmunan 
yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat, eng muhim strategik vazifaga 
aylandi. 
Davlatimiz rahbari mustaqillik bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni 
tahlil etar ekan, o‘tgan asrning boshlarida erk va adolat, ilm-ma’rifat va milliy 
o‘zlikni anglash g‘oyalarini kurash maydoniga olib chiqqan jadid bobolarimiz 
matonatini alohida e’tirof etdi. O‘z davrida bu ilg‘or g‘oyalar xalqning azaliy orzu-
armonlarini ifodalangan bo‘lsa-da, biroq maqsadlar to‘liq amalga oshmay qoldi. 
Jadid bobolarning erk haqidagi orzu-niyatlari xalqimiz tarixiy xotirasida saqlanib 
qolgani va hanuz yashayotganini davlatimiz rahbari alohida e’tirof etib, “

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin