13
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
HURMATLI O‘QITUVCHILAR,
OTA-ONALAR VA XALQ TA’LIMI TIZIMIGA BEFARQ BO‘LMAGAN
JAMOATCHILIK VAKILLARI!
Xabaringiz bor: Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat boshlagan ilk kunlarda
xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 5 yillik Milliy dastur
ishlab
chiqilayotgani munosabati bilan sizlardan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish
yuzasidan taklif va mulohazalar so‘ragan edim.
Quvonarlisi, o‘tgan vaqt mobaynida xalq ta’limi tizimiga befarq bo‘lmagan
fuqarolardan
7 mingdan ortiq takliflar
kelib tushdi. Takliflarning qariyb
25 foizi
ota-onalar, 70 foizi tizim xodimlari va 5 foizdan ortig‘i boshqa soha vakillari
dan
kelib tushgan. Vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlardan kelib tushgan har bir
taklif va mulohazalarni o‘rgandik va tahlil qildik.
Tahlillardan ma’lum bo‘ldiki, ota-onalarning aksariyat qismi sinflarda
o‘quvchilar sonini kamaytirish, pedagog xodimlarning sifat darajasi, o‘qituvchilar
va sinf xonalarning yetishmasligi, shu bilan birga, darsliklar sifati va darsliklarning
yetishmasligi haqida fikrlar bildirgan. Tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar
esa, asosan,
o‘qituvchi maqomini oshirish, pedagoglarning dars stavkalarini
boshlang‘ich sinflarda 18 soatdan 16 soatga tushirish, dars taqsimoti, oylik ish
haqi va sertifikatsiyalash tizimi
kabi ko‘plab takliflarini yo‘llagan.
Siz tomondan yuborilgan har bir taklifning ahamiyatini inobatga olib,
ularning barchasi vazirlik jamoasi tomonidan o‘rganilib,
2022-2026 yillarda
maktab ta’limi rivojlantirish Milliy dasturi loyihasiga kiritildi va yaqin yillarda
joriy qilinadi.
Bugun davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim-tarbiya sohasida
yangi davr boshlangan. Uni yanada yuksaltirish faqat va faqat o‘zimizga,
hamjihatligimizga va kelajak avlodning salohiyatli va bilimli bo‘lib ulg‘ayishi
uchun qattiq mehnat qilishimizga bog‘liq.
Hayotini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar
mehnati har qanday yuksak baholarga munosibdir va biz bunga erishish uchun
barcha kuchimizni safarbar etamiz.
Dostları ilə paylaş: