Izlanishlar, yechimlar


Ta’lim  sohasiga bo‘lgan bunday e’tiborni ko‘rib, to‘g‘risi, juda quvondim



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Ta’lim 
sohasiga bo‘lgan bunday e’tiborni ko‘rib, to‘g‘risi, juda quvondim.
Mas’ul xodimlar ko‘magida imkon qadar har bir murojaat bilan tanishib 
chiqishga harakat qildik, zarurlari tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan haftada vazirlik vakillaridan iborat ishchi guruh bilan 
birgalikda 3 ta viloyatda bo‘ldik. Maktablarning sharoitlarini o‘rgandik. To‘g‘risi, 
ahvol qoniqarli emas. Afsuski, maktablarimizda ta’lim sifatini yaxshilash uchun 
juda katta va ko‘p ishlar qilishimiz kerak.
Davlatimiz rahbari ta’lim tizimi, farzandlarimizning kelajagi haqida juda 
kuyunyaptilar va eng oliy vazifamiz deb belgilayaptilar. 
Shu bois, kerak bo‘lsa, 
har bir hudud rahbaridan bugun o‘z viloyat va tumanidagi barcha maktablar 
sharoitini bilish talab etiladi. Joylarda fan o‘qituvchilarining bilim va saviyasini 
oshirishimiz kerak. 
Ayrim o‘qituvchilar bilan suhbatlashdim, afsuski, hatto o‘z fani bo‘yicha 
oddiy savolga ham javobni bilmaydigan o‘qituvchilar bor ekan.
Xo‘sh, nima qilish kerak? Viloyatda, tumanda, maktabda hatto bir nafar yaxshi 
pedagog bo‘lsa ham foydalanib, kerak bo‘lsa uni qolgan hamkasblariga mahorat 
darsi o‘tkazishga jalb etgan holda maktablarda ta’lim sifatini oshirishimiz 
kerak. Sinfda 20 nafar boladan 18 nafari fanni zo‘r bilsa, bilingki, bu o‘sha fan 
o‘qituvchisining yutug‘i, demak, u o‘quvchilarini o‘z faniga qiziqtira olgan. Agar 
shu sinf o‘quvchilaridan 1-2 nafarigina fandan bilimi kuchli bo‘lsa, demak, u 
iqtidorli o‘quvchi yoxud ota-onasi repetitorga bergan, o‘qituvchi esa dars vaqtida 
o‘z fanini yetkazib bera olmayotganligidan dalolat.
 
To‘g‘ri, maktabda sharoit yo‘q, dersiz, lekin o‘qituvchi o‘sha yerda vaqtini 
ketkazib o‘tiribdi-ku, jonkuyarlik bo‘lmasa, nima qiladi bu kasbni tanlab?! Uning 
qo‘lida inson taqdiri yotibdi! 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin