21
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortayotgan, yuksak
taraqqiyot aynan yangi
kashfiyot, innovatsion g‘oya, texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib qolgan davrda
iste’dodli yoshlarimiz ana shu jarayonlarda yetakchi kuch va tayanchga aylanishi
lozim. Shu bois, so‘nggi to‘rt yilda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrash
ko‘rsatkichi avvalgi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bog‘chalar soni
esa 3 marta ortib, 14 mingdan oshdi. Bu islohotlar xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan
ulkan maqsadlarni amalga oshirishda poydevor vazifasini o‘taydi.
Prezidentimizning
“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan
boshlanadi”
degan g‘oyasi asosida maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan
o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib turibmiz. Yoki Toshkent
shahri va hududlarda
Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko‘payib borayotgani
xalqimizning orzu-armonlari ro‘yobidir.
“Besh muhim tashabbus” dasturi doirasida keng quloch yozgan ta’limga
yangicha yondashuv , “Barkamol avlod” bolalar maktablarida yoshlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan qulay sharoitlar, qobiliyatli yoshlarni
tanlash va kamolga yetkazishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlar, Respublika xalq
ta’limi vazirligining bevosita nazorati va qo‘llab-quvvatlashi natijasida yuzlab
iste’dodli o‘g‘il-qizlarning orzu va intilishlari ro‘yobga chiqayotgani fikrimizning
dalilidir. Joriy yilda 36 mingta qo‘shimcha to‘garak tashkil etilib, 874 mingga yaqin
bola ularga jalb etilgani, ta’lim muassasalari, kutubxona va o‘quv
markazlariga
qariyb 100 mingta san’at va sport inventarlari, kompyuterlar, 600 mingga yaqin
kitob yetkazib berilgani ana shu ezgu maqsadlar yo‘lidagi qadamdir.
Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyasi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ularni
ish va daromad bilan ta’minlashga davlat miqyosida ahamiyat berilayotgani
va bu e’tibor tufayli so‘nggi to‘rt yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni
5 barobar ko‘payib, 500 mingdan oshgani, bu yilning o‘zida 92 mingdan ziyod
yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m
imtiyozli
kreditlar ajratilgani yoshlar jamiyatda hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganidan
dalolatdir.
Suhbat bilan tanishar ekansiz, ikki jihat e’tiboringizni tortadi.
Birinchisi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqimiz tomonidan ulug‘lanishi,
uning sa’y-harakatlari va tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishining boisi O‘zbekistonda 2017-yildan buyon barcha sohalarda
amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, yangicha tamoyillar,
aniq maqsad sari
izchil intilish, mashaqqatli mehnat mevasi ekanini anglaysiz.
Ikkinchisi esa, iqtisodiy, siyosiy, bank moliya, investitsiya,
yoshlar siyosati,
xotin-qizlar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘yingki, qay bir tizim bo‘lmasin,
22
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
barchasida amalga oshirilgan islohotlar zamirida ijtimoiy yuksaltirish, jamiyatning
ijtimoiy ahvolini yanada yaxshilash maqsadi mujassam ekani namoyon bo‘ladi.
Ayni paytda Prezident odamlar uyg‘onayotganini, jamiyat o‘zgarayotganini
faxr bilan tilga oladi.
“Ma’naviyat uyg‘oq jamiyat — bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir”, dedi
Shavkat Mirziyoyev.
Kelajakka qat’iy ishonch, islohotlarning chuqur tahlili, o‘z yurti taraqqiyotiga
xalqining obod va farovon turmushini tezroq yaratish ishtiyoqi yo‘g‘rilgan ushbu
suhbatda sohalar kesimida qilingan ishlar va kelgusi vazifalar birma-bir bayon
etiladi.
Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga
bergan intervyusi
xalqimizda mamlakat kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada jo‘shtiradi. Yangi
–yangi marralar sari ilhomlantiradi.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Dostları ilə paylaş: