Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

29
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Davlatlarning moliyaviy holati va ta’lim darajalarida maktablarning yopilishi 
masshtabi:
2020-yil mart-aprel oylaridan boshlab pandemiyaning to‘lqinlariga 
qarab maktablar bir necha marotaba ochib-yopilgan. Respodentlarning 
21 %i 2021-yil fevral oyida ham boshlang‘ich ham o‘rta ta’lim maktablari 
COVID-19 tufayli yopilishi davom etganligini ta’kidlagan. Daromadi past 
va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarning 28%i, daromadi o‘rtadan yuqori bo‘lgan 
mamlakatlarning 15%i, yuqori daromadli mamlakatlarning 28%ida maktablarning 
hamma bosqichi to‘liq yopilgani ta’kidlanadi. Daromadi past bo‘lgan davlatlar 
haqida ma’lumotlar yo‘q (1-3a / b rasm).
O‘quvchilarning standartlashtirilgan baholari – ta’limdagi yo‘qotishlarini 
o‘lchash, kuzatish va taqqoslashga yordam bergan. Shu bilan birga, 
mamlakatlarning 1/3 qismida o‘quvchilarni pastki darajadagi o‘quv yo‘qotishlarini 
standartlashtirilgan tarzda baholash uchun qadamlar qo‘ygani ma’lum qilingan.
Mamlakatlarning 41%i o‘quv yilining uzaytirgan bo‘lsa, 42%i o‘quv dasturining 
ayrim yo‘nalishlari ustuvorligi to‘g‘risida, mamlakatlarning yarmidan ko‘pi (54%) 
barcha ta’lim bosqichlarida hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaganligini yoki 
amalga oshirilmasligini ma’lum qilgan. 
So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi millionlab bolalarni o‘qitish 
vaqtining qisqarishi ta’limdagi yo‘qotishlarning ko‘payishiga olib kelgan. 
Shuningdek, hukumatlar tomonidan yo‘qotishlarni qoplash maqsadida turli xil 
yondashuvlar va siyosatni amalga oshirilgan. Bu – o‘quv dasturlarini o‘zgartirish, 
maqsadli tuzatishlarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirish va boshqa shu kabi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Bu kabi 


30
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
mexanizmning samaradorligi – amaldagi ta’sirni kamaytirish, ko‘proq COVID-19 
dan oldingi ta’lim berish darajasiga qaytarish bilan bog‘liq, deb ko‘rsatilgan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin