44
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Umuman olganda, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aksariyat mamlakatlar
bolalarning maktablarga qaytishini qo‘llab-quvvatlash
borasida yutuqlarga
erishmoqda. Biroq, ba’zi kamchiliklar saqlanib qolgan. Maktabga qaytishda
maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash
ehtimoli ancha past bo‘lgan. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar
hozirgi inqirozning eng yosh o‘quvchilarga bo‘lgan uzoq muddatli ta’sirini nafaqat
kamaytiradi, balki kelajakdagi inqirozlarga qarshi ta’lim tizimining barqarorligiga
hissa qo‘shadi. Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda qizlarning maktabga
qaytishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning
yetishmasligi
ham e’tiborni o‘ziga tortadi. Chunki bu sharoitda o‘spirin qizlar maktablarning
uzoq muddat yopilishidan keyin maktabni tashlab ketish ehtimoli katta ekani
aniqlangan.
Aksariyat mamlakatlar sohalarning boshqaruvini
muvofiqlashtirishni talab
qiladigan choralardan kam foydalangan. Bu ajablanarli bo‘lmasligi mumkin, lekin
shuni ham e’tiborga olish kerakki, murakkab, ko‘p tarmoqli tadbirlar ko‘pincha
barcha tizimlarning samaradorlik darajasini yanada oshirishi kuzatilgan. Masalan,
sog‘liqni saqlash va ovqatlanish sohalari bilan muvofiqlashtirish, maktablar
yopilishining ko‘p o‘lchovli ta’sirini bartaraf etish uchun juda muhimdir. Ushbu
sohada, ayniqsa, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar keng ko‘lamli qo‘llab-
quvvatlashga muhtoj.
O‘zbekiston:
Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining
ortishiga olib
kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi
kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan
avval ularni davolab, kamaytirish
muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib chiqqan holda,
2020-2021-o‘quv yili 14-sentabrdan 2 ming 635 ta umumta’lim maktabi ota-
onalar talabiga ko‘ra an’anaviy, shu bilan birga, masofaviy shaklda ish faoliyatini
boshlagan.