42
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
va tadbirlarni ma’qullaganini tasdiqlagan. Mamlakatlar pandemiyaga deyarli
universal
tarzda javob berib, maktablarda kasallik yuqtirishni kamaytiradigan,
xususan tashqi olamdan jismonan chetlashish, qo‘l va nafas olish gigiyenasi bilan
bog‘liq amaliyotlarni targ‘ib qilishgan (5-1-rasm).
Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarning 57%i kasallangan o‘quvchilari
yoki xodimlarini kuzatib borishini ta’kidlaganlar. Garchi gigiyenani targ‘ib
qilish mamlakatlar bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lsa-da, daromadi past bo‘lgan
11 mamlakatdan faqat 1 tasi barcha o‘quvchilar va xodimlarning xavfsizligini
ta’minlash uchun yetarli miqdorda gigiyenik vositalar (masalan, sovun, toza suv,
UASh moslamalari va maskalari) mavjudligini ma’lum qilgan. Dunyo miqyosida
mamlakatlarning 55%i sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalarga
barcha maktablarida amal qilinayotganligini ko‘rsatishgan. (5-2-rasm).
Maktablar ochilgandan keyin ham, ba’zi o‘quvchilar maktabga qaytmasliklari
mumkin edi.
Maktablar yopilishining global eng yuqori cho‘qqisidan bir oy o‘tgach,
UNISEF tomonidan kuzatish olib borilgan. Unga ko‘ra mamlakatlarning 1/3