Izlanishlar, yechimlar


“Yangi O‘zbekiston” universiteti



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

“Yangi O‘zbekiston” universiteti
tashkil etildi. Bu universitet 
mamlakatimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari uchun namuna vazifasini ham 
o‘taydi. Xalqimizning eng bilimli va iste’dodli yoshlarimiz mazkur oliy dargohda 
o‘qib, kelajakda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shishiga qodir bo‘lgan kadrlar 
bo‘lib yetishadi.
Nega keyingi yillarda mamlakatimizdagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohot va o‘zgarishlar markazida ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor asosiy o‘rinni 
egallamoqda? Chunki, uzluksiz milliy ta’lim-tarbiyaning barcha bosqichlarini 
uyg‘un va mutanosib rivojlantirish bugungi globallashuv jarayoni, jahonda 


21
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
malakali kadrlarga bo‘lgan talab ortayotgan, yuksak taraqqiyot aynan yangi 
kashfiyot, innovatsion g‘oya, texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib qolgan davrda 
iste’dodli yoshlarimiz ana shu jarayonlarda yetakchi kuch va tayanchga aylanishi 
lozim. Shu bois, so‘nggi to‘rt yilda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrash 
ko‘rsatkichi avvalgi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bog‘chalar soni 
esa 3 marta ortib, 14 mingdan oshdi. Bu islohotlar xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan 
ulkan maqsadlarni amalga oshirishda poydevor vazifasini o‘taydi. 
Prezidentimizning 
“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan 
boshlanadi” 
degan g‘oyasi asosida maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan 
o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib turibmiz. Yoki Toshkent shahri va hududlarda 
Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko‘payib borayotgani 
xalqimizning orzu-armonlari ro‘yobidir. 
“Besh muhim tashabbus” dasturi doirasida keng quloch yozgan ta’limga 
yangicha yondashuv , “Barkamol avlod” bolalar maktablarida yoshlarning bo‘sh 
vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan qulay sharoitlar, qobiliyatli yoshlarni 
tanlash va kamolga yetkazishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlar, Respublika xalq 
ta’limi vazirligining bevosita nazorati va qo‘llab-quvvatlashi natijasida yuzlab 
iste’dodli o‘g‘il-qizlarning orzu va intilishlari ro‘yobga chiqayotgani fikrimizning 
dalilidir. Joriy yilda 36 mingta qo‘shimcha to‘garak tashkil etilib, 874 mingga yaqin 
bola ularga jalb etilgani, ta’lim muassasalari, kutubxona va o‘quv markazlariga 
qariyb 100 mingta san’at va sport inventarlari, kompyuterlar, 600 mingga yaqin 
kitob yetkazib berilgani ana shu ezgu maqsadlar yo‘lidagi qadamdir. 
Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyasi va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ularni 
ish va daromad bilan ta’minlashga davlat miqyosida ahamiyat berilayotgani 
va bu e’tibor tufayli so‘nggi to‘rt yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 
5 barobar ko‘payib, 500 mingdan oshgani, bu yilning o‘zida 92 mingdan ziyod 
yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m imtiyozli 
kreditlar ajratilgani yoshlar jamiyatda hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganidan 
dalolatdir.
Suhbat bilan tanishar ekansiz, ikki jihat e’tiboringizni tortadi.
Birinchisi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqimiz tomonidan ulug‘lanishi, 
uning sa’y-harakatlari va tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishining boisi O‘zbekistonda 2017-yildan buyon barcha sohalarda 
amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, yangicha tamoyillar, aniq maqsad sari 
izchil intilish, mashaqqatli mehnat mevasi ekanini anglaysiz. 
Ikkinchisi esa, iqtisodiy, siyosiy, bank moliya, investitsiya, yoshlar siyosati, 
xotin-qizlar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘yingki, qay bir tizim bo‘lmasin, 


22
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
barchasida amalga oshirilgan islohotlar zamirida ijtimoiy yuksaltirish, jamiyatning 
ijtimoiy ahvolini yanada yaxshilash maqsadi mujassam ekani namoyon bo‘ladi. 
Ayni paytda Prezident odamlar uyg‘onayotganini, jamiyat o‘zgarayotganini 
faxr bilan tilga oladi. 
“Ma’naviyat uyg‘oq jamiyat — bu, hech shubhasiz, qudratli kuchdir”, dedi 
Shavkat Mirziyoyev.
Kelajakka qat’iy ishonch, islohotlarning chuqur tahlili, o‘z yurti taraqqiyotiga 
xalqining obod va farovon turmushini tezroq yaratish ishtiyoqi yo‘g‘rilgan ushbu 
suhbatda sohalar kesimida qilingan ishlar va kelgusi vazifalar birma-bir bayon 
etiladi. 
Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusi 
xalqimizda mamlakat kelajagi uchun daxldorlik hissini yanada jo‘shtiradi. Yangi 
–yangi marralar sari ilhomlantiradi. 



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin