,
“Ayollar daftari”, “Yoshlar
daftari”, “Mahallabay”
va “Xonadonbay” ishlash usullari orqali aholi o‘rtasidagi
yillar davomida yechim topmay kelayotgan muammolar samarali hal
etilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh
muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari
ijobiy natija berayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari bundan tashqari,
iqtisodiy taraqqiyot sohasida o‘sish
19
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
nuqtalarini aniqlash va ularga alohida ahamiyat qaratish, iqtisodiyotni
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xususiylashtirish jarayonida
ularning raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiyotda milliy manfaatlarimizni
mustahkamlashga xizmat qiladigan mutlaqo yangi yondashuvlarni qo‘llashga
ustuvor ahamiyat berilayotgani, davlat aktivlarini sotishda shaffoflik va
samaradorlikni ta’minlaydigan kafolatlarni yaratish o‘ta muhimligini yana bir
bor ta’kidlab, bu jarayonlarning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdagi
ahamiyatini hayotiy misollar asosida ochib berdi.
Davlatimiz rahbari mamlakat taraqqiyotining oltita ustuvor yo‘nalishi
haqida so‘zlab,
“Barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz kerak:
tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash — fuqarolar, xalqimiz farovonligini
oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning pirovard
maqsadidir
”, deya islohotlar mohiyatiga asosiy e’tiborni qaratdi.
Albatta, uy-joy masalasi, aholini yashash uchun qulay bo‘lgan yangi
turar- joylar bilan ta’minlash hamisha dolzarb vazifa bo‘lgan. Shuning uchun
bu mavzu Prezidentimiz tomonidan yana bir bor tilga olindi hamda bu borada
olib borilayotgan ishlar ko‘lami, ertangi vazifalar, qurilayotgan yangi-yangi
inshootlarning ijtimoiy ahamiyati haqida mulohazalar bildirildi.
— Kelgusida, — deydi Prezidentimiz, — Uy-joy fondini shunday darajaga olib
chiqishimiz kerakki, aholining barcha qatlamlari uy-joy sotib olish va bu borada
tanlash imkoniga ega bo‘lishi lozim. Albatta, bu borada turli muammolar ham
mavjud va biz ularni joylardagi mahalliy boshqaruv organlari bilan birgalikda
hal etyapmiz. Misol uchun, ko‘pqavatli uylar oralig‘idagi bo‘sh joylarda qurilishlar
qilish, moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan, daraxtlarni kesish, yashil
hududlarni kamaytirish holatlari ko‘pchilikni ranjitmoqda. Ba’zi rahbarlarning
beparvoligi yoki manfaatparastligi tufayli turar-joy mavzelarida odamlar sayr
qiladigan, sport bilan shug‘ullanadigan, farzandlari bilan birga toza havoda dam
oladigan ochiq joyning o‘zi qolmayapti. Albatta, biz bunday holatlarga nisbatan
qat’iy choralar ko‘rmasdan turolmaymiz. Shuning uchun ham Toshkentda va
boshqa yirik shaharlarda yangi qurilishlarni shahar tashqarisidagi hududlarda
amalga oshirish choralari belgilanmoqda. Turar-joy mavzelari ichida kommunal
infratuzilmalar — gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini
modernizatsiya qilmasdan, yangi binolar qurish amaliyotiga barham berildi.
Mamlakatimizda hayotga katta orzu-umidlar bilan kirib kelayotgan
yoshlar uchun borgan sari ko‘p imkoniyatlar yaratilyapti. Maktabdan to
oliy ta’limgacha qamrovini kengaytirish, o‘qishi, ma’naviyatining to‘g‘ri
shakllanishi, tadbirkorlik ko‘nikmalari, mehnat bandligini ta’minlash yo‘lida
20
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bois, suhbatda yoshlar masalasi, ularga
yaratilayotgan sharoitlar, umuman, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ham alohida
mavzu bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |