Izlanishlar, yechimlar


asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan 
obyektiv zaruratdir.
Yangi O‘zbekiston
– 
demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida 
umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon 
hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan
pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib 
berishdan iborat bo‘lgan davlatdir
”.
Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga 
javoblari bilan tanishar ekansiz, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar, avvalo, xalq manfaatlariga qaratilgani, xususan, elda mashhur 
iboraga aylangan “
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga 
xizmat qilishi kerak
”,
 
degan muhim huquqiy tamoyil juda to‘g‘ri tanlanganiga 
iqror bo‘lasiz. Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Buyuk Amir Temur 
bobomizning Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi peshtoqiga bitilgan “
Adolat – 
davlatning asosi va rahbarlar shioridir
”, degan hikmatli so‘zlarini esga olgani 
bejiz emas. Zero, xalqimiz azaldan adolat va halollikni asosiy yashash mezoni 
deb bilgan. Oilada farzand tarbiyasida ham bu qadriyatlarni yoshlar qalbiga 
singdirishga harakat qilgan. Bu esa, adolat mezoni hamma zamonlarda 
taraqqiyot omili bo‘lganini anglatadi. Shu boisdan, “
Biz ham sud-huquq tizimini 
isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. 
Xususan

“Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo‘lishi 
kerak”,
degan g‘oyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik
, deya 
ta’kidladi davlatimiz rahbari. 
Darhaqiqat, bugun demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan pallaga kirdi va 
tobora chuqurlashmoqda. Muhimi, odamlar o‘z hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar 
asnosida jamiyatda kechayotgan yangilanishlarga ishonchi ortmoqda. Chunki, 
ilgari ochiqligi ta’minlanmagan, xaspo‘shlab gapirilgan ko‘plab muammolar 
bugun jamiyatdagi eng dolzarb vazifalar sifatida davlat boshqaruv organlari 
tomonidan muhokamaga qo‘yilmoqda. Xususan, davlat organlari faoliyatidagi 
ochiqlik va oshkoralik, senator, deputat, vazir va hokimlar, barcha bo‘g‘indagi 
mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dard-u 
tashvishlarini tinglayotgani, aksariyat kamchiliklar va murojaatlar fuqarolarni 
qabul qilish jarayonlarida o‘z o‘rnida ijobiy hal etilayotgani — islohotlarga 
ishonchni mustahkamlamoqda. Axir, keyingi yillarda majburiy mehnat, ishsizlik, 
kambag‘allik, korrupsiya, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan 
bog‘liq muammolar keng jamoatchilik o‘rtasida ochiq-oshkora muhokama 
etilib, nuqsonlarni bartaraf etish choralari qat’iy ko‘rilayotgani kim inkor eta 


18
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
oladi? Demokratik islohotlar qog‘ozda emas, balki, amalda o‘z ifodasini topib, 
hayotimizdan mustahkam o‘rin olayotgani ayni hayot haqiqatidir. 
Shuning uchun ham Prezidentimiz bu jarayonlarga baho berar ekan, “

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin