Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi 4-kurs 19/14-guruh talabasi Farxadova Dinaraning



Yüklə 159,52 Kb.
səhifə1/6
tarix26.06.2023
ölçüsü159,52 Kb.
#135296
  1   2   3   4   5   6
Dinora 19 14 (2) (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI





Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi
4-kurs 19/14-guruh talabasi Farxadova Dinaraning
Tarbiaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan


KURS ISHI
Mavzu: Tarbiyaviy ishlarda mehnat to‘garaklarining ahamiyati
Urganch 2023


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………..……..4
I. bob. Maktablarda ta’lim tarbiya jarayonlarida mehnat tarbiyasining ahamiyati.
1.1 О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida halq milliy an’analaridan foydalanish 8
1.2 Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, o‘quvchilarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositalari. ………………..… 19
II.bob. Mehnat to‘garaklarining tashkel etish usullari va metodikasi.
2.1 O‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirish……….23
2.2. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi ………………………….……..27
Xulosa……………………………………………………………..…….…28
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati…………………………………..….30


Kirish
О‘zbekiston Respublikasining dunyo ta’lim fazosiga kirishi, jamiyatdagi yangi ijtmioiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy о‘zgarishlar umumta’lim maktablari oldiga kо‘pina о‘quv-tarbiyaviy jihatlarini, shu jumladan о‘tmishdagi milliy an’analarni va tajribalarni о‘rganishga va ularga о‘kuvchilarni yoshligidanoq jalb qilishga bо‘lgan qarashlarni tubdan qayta kо‘rib chiqish talabini qо‘ydi. О‘zbek xalqlarining milliy о‘zligini anglashini rivojlantirish sharoitida xalq pedagogikasi ilg‘or tarbiyaviy an’analarining roli va ahamiyati jamiyatni jipslashtirishning insonparvarlik an’analarida, mehnatda, oilada, jamiyatda ahloqiy о‘zaro munosabatlarning о‘sishida namoyon bо‘ladi. Bu an’analar xulq boshqaruvchisi rolini bajaradi. Milliy mafkura tashuvchisi sifatida xalqning ilg‘or tarbiyaviy an’alariga murojaat qilish muhim insonparvarlik, ijtimoiy-ahloqiy, etno-madaniy ahamiyat kasb etadi. Akademik A.E.Izmaylov shunday deydi: “Xalq avloddan avlodga о‘zining ijtimoiy tajribasini, ma’naviy boyligini katta avlodning kichigiga merosi sifatida uzatib boradi va shu bilan jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati tarixini yaratadi” 1. Shundan kelib chiqib zamonaviy bosqichda о‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashning ilg‘or milliy о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish, uni yangi sharoitlarda hayotga va mehnatga tayyorlash, shuningdek xalq mehnat an’analari, urf oatlaridan о‘quvchilar shaxsini shakllantirishda foydalanish yо‘llari, shakllari va metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, xalq pedagogikasida, uning tamoyillari va qarashlarida mehnat kishilarining bir necha marta xalq hayotining boy amaliyotida tekshirilgan va tasdiqlangan, kо‘p asrli tarbiyaviy tajribasi mujassamlangan
О‘quvchilar mehnat tarbiyasida ishlab chiqilgan tizimi quyidagi yо‘nalishlarni kо‘zda tutadi: mehnat tarbiyasining yaxlit tiziim doirasida milliy an’analardan foydalanishning turli shakllari, vositalari, usullari, metodlari va sharoitlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; о‘quv yurtlari, oila, jamoatchilikning tarbiyaviy ishlari о‘rtasida uzviy aloqa о‘rnatish; pedagogika о‘quv yurtlarining mehnat ta’lim yо‘nalishiga “Xalq pedagogikasi” maxsus kursini kiritish bilan bо‘lajak о‘qituvchilarining mehnat an’analari tо‘g‘risidagi bilim, malaka va kо‘nikmalarini kengaytirish va takomillashtirish; ota-onalar о‘rtasida bolalarning mehnat tarbiyasi masalalari yuzasidan bir maqsadga yо‘naltirilgan g‘oyaviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish. Nazariy tahlil asosida о‘quvchilarning shaxsini takomillashtirishning asosiy omillari aniqlandi: о‘quvchilarning shaxsini kamolotga yetkazishda ijtimoiy muhitning roli; uning qadriyatlar tizimidagi uzatishlar, tarbiyaning etnik madaniyat о‘ziga xos tomonlariga mosligi, tarbiya jarayonida milliy mehnat an’analarini va urf-odatlarni hisobga olish.



  1. Yüklə 159,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin