Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi” yo‘nalishi 4-kurs 19/14-guruh talabasi Farxadova Dinaraning


bob Maktablarda ta’lim tarbiya jarayonlarida mehnat tarbiyasining ahamiyati



Yüklə 159,52 Kb.
səhifə2/6
tarix26.06.2023
ölçüsü159,52 Kb.
#135296
1   2   3   4   5   6
Dinora 19 14 (2) (1)

bob Maktablarda ta’lim tarbiya jarayonlarida mehnat tarbiyasining ahamiyati.

“О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida halq milliy an’analaridan foydalanish tehnologiyasini takomillashtirishning pedagogik tizimi” deb nomlanuvchi ikkinchi bobda - о‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanishning ishlab chiqilgan tizimi asosiga xalqning amaliy tarbiyaviy tajribasi, о‘sib kelayotgan avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlashning tarixan yuzaga kelgan va avloddan avlodga xalq og‘zaki ijodi, о‘yinlar, urfodatlar,bayramlar, udumlar, ishlab chiqarish mehnati orqali uzatiladigan risolalari, shakllari va metodlari qо‘yilgan. Xalq mehnat tarbiyasining tajribasini tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, tarixiy о‘tmishda mehnat tarbiyasi sodda amaliy bilimlarga asoslangan bо‘lib, maqsadga erishishning ma’lum prinsiplari va vositalariga ega bо‘lgan. О‘zbek xalq pedagogikasida mehnat kishisi, yuqori ahloqqa, amaliy aqlga ega bо‘lgan, jismonan kamol topgan, ona tabiatning gо‘zalligini his qila oladigan yaratuvchi ana shunday risola sifatida namoyon bо‘ladi. Eksperimental sinflarda xalq milliy an’analaridan foydalanish bо‘yicha barcha sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar dissertant taklif etgan tizimda olib borildi. Nazorat sinfida о‘qituvchilar an’anaviy metodika bо‘yicha ishladilar. Eksperiment materiallariga quyidagilar kiritildi: 1. Xalq milliy an’analaridan foydalanish mezonlari va prinsiplari. 2. Turli sinflarda turli fanlarni о‘rganishda milliy an’analarga oid etnopedagogik materiallardan foydalanish nuqtai nazaridan muhim mavzular. 3. Bu an’analarga yaxlit yondoshishni, shuningdek ularni о‘qitishdagi izchillikni hisobga oluvchi darslar ishlanmasi va metodikasi (jami 24 soat).О‘n beshta sinfda, 286 soat eksperement asosida darslar о‘tkazildi. 4. Etnopedagogik an’analar asosida о‘quvchilarning mehnat tarbiyasi vazifalarini hisobga olgan holda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va о‘tkazish metodikasi.О‘n beshta sinfda, eksperement asosida 5 ta metodik programma ishlab chiqildi va 76 tadbir о‘tkazildi. 5. Turli sinflarda turli fanlarni о‘rganishda etnopedagogik materiallardan foydalanish bо‘yicha metodik tavsiyanomalar. Nazorat eksperimenti 2015 yildan 2020 yilgacha davrda о‘tkazildi. Uni о‘tkazishda dissertant ishlab chiqqan va tekshirgan konsepsiyalarning samaradorligi darajasini aniqlash uchun obyektiv material tо‘planishini ta’minlovchi turli xil metodlardan foydalanildi. Shakllantiruvchi eksperiment davrida о‘quvchilar о‘zlashtirgan etnopedagogik milliy an’analar bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarni baholash mezonlari ishlab chiqildi. Baholash mezonlari quyidagi parametrlarni о‘z ichiga oladi: milliy an’analarni bilishi (miqdoriy kо‘rsatkich); о‘quvchilarning xalq milliy an’analarining mazmuni va tarkibiy tuzilishini bilishi va tushunishining yaxlitligi (sifat kо‘rsatkichi); о‘quvchilarning boshqa millatlarning milliy an’analarini farqlay olish malakasi (miqdoriy va sifat kо‘rsatkich); о‘quvchilarning xalq milliy an’analarini о‘rganganligi. Ishlab chiqilgan xulq modelida eksperiment natijalariga kо‘ra о‘rganilgan milliy an’analar bо‘yicha о‘quvchilarning bilimi, malakalari va kо‘nikmalari darajasi mezonlar asosida uchta – yuqori, о‘rta va past darajaga bо‘linadi. О‘quvchilarning о‘rganilgan xalq milliy an’analari bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarini aniqlash bо‘yicha о‘quvchilar, ota onalar, tо‘garak rahbarlari, maktab rahbariyati, shuningdek о‘qitishning uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, mahalla oqsoqollari, ota onalar bilan yuqorida bayon qilingan kо‘rsatkichlar va mezonlar asosida suhbatlar о‘tkazildi. Nazorat va eksperimental sinflaridagi har bir о‘quvchi tо‘g‘risidagi tavsiyalar umumlashtirildi.
Mehnat tarbiyasining asosiy vositalariga quyidagilar kiritilgan: kuchi yetadigan ishlab chiqarish mehnati, xalq og‘zaki ijodi, о‘yin faoliyati, urf-odatlar, udumlar, milliy udumlar kiritilgan bayramlar; prinsipial xususiyatlarga – mehnatni insonning asosiy majburiyati sifatida va bolalarni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qarab chiqish; bolalarni о‘z kuchiga loyiq ishlab chiqarish mehnatiga erta jalb qilish, oiladagi mehnat muhiti, xalq og‘zaki ijodi, о‘yin faoliyati, shuningdek milliy mehnat bayramlari, urf-odatlar, udumlar vositasida mehnatga psixologik tayyorlash; mehnatning pedagogik jihaitlarini hisobga olish, ya’ni bolalarni kichik uka va singillarini tarbiyalashga jalb qilish; tarbiyaning muhim omili – ota, ona, oila a’zolari, tengdoshlar jamoasidan foydalanish. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini qurishda biz ilg‘or mehnat an’analarining, urf-odatlarning roliga alohida о‘rin ajratadi, chunki ularda mehnat kishilarining kо‘p asrli tarbiyaviy tajribasi, samarali pedagogik ta’sirning kattta potensial imkoniyatlari mujassamlangan. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan yaxlit foydalanishning nazariy modeliga qо‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bо‘ldi: о‘quv tarbiyaviy jarayonni intensifikatsiyalash, uni demokratlashtirish, insonparvarlashtirish; mehnat tarbiyasi maqsadlarini tubdan о‘zgartirish; shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish; mehnatning ahloqiy qadrini tushunib yetish; mehnatga ahloqiy-qadriyatli munosabatda bо‘lish. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasida ularning ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan, intellektual va ahloqiy rivojlanishi; ularning bilish va faoliyat ehtiyojlari hamda talablarining shakllantirilishi va qoniqtirilishi; muvaffaqiyatli mehnat faoliyatiga va umuminsoniy ahloqiy munosabatlar tizimiga jalb qilish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mehnat tarbiyasi butun jarayonining ham mazmuniy, ham tashkiliy komponentlarini – о‘quvchilarni о‘qitishni, tarbiyalashni va shaxsini rivojlantirishni qayta qurish shu maqsadga bо‘ysunadi. Tubdan qayta qurish о‘quvchi shaxsini ijtimoiylashtirishda mehnat ta’limining rolini jiddiy oshirishni kо‘zda tutadi: mehnat ta’limi mazuniga etnopedagogik materiallarni kiritish, о‘quv tarbiyaviy jarayonni о‘quvchining ijtimoiy tajribasiga yaqinlashtirish, mehnat ta’limi jarayonini falsafiy, psixologik, didaktik jihatdan qayta kо‘rib chiqish. Taklif qilinayotgan konsepsiyaning falsafiy jihatlari shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lib, о‘zgartirish faoliyati, mehnatga layoqatning shakllanishi kontekstida rivojlanishning о‘ziga xos turi sifatida namoyon bо‘ladigan, keng yoyilish, о‘zо‘zini boshqarish, о‘z о‘rnini topish istiqbollariga, an’analariga ega bо‘lgan shaxsning shakllanishi kabi falsafiy kategoriyaning talqin qilinishi va tushuntirilishi vositasida amalga oshiriladi. Psixologik jihatdan dissertant о‘quvchi shaxsning motivatsion ehtiyoj sohasini shakllantirdi, bu soha о‘qitish mazmunini tanlab olish bilan faollikni, qiziqishni, о‘quv amallariga ongli ravishda, ijodkorlik bilan yondoshishni uyg‘otadi. Didaktik jihati etnopedagogik materialni va unga mos keladigan shakllar, metodlar, vositalarni hamda uni taqdim qilish va tarbiyaviyligini faollashtirish usullarini tanlashdan boshlab, to egallangan bilim, mehnat malakalari va kо‘nikmalarini maslak va kasbiy mustahkamlangan usullarga aylantirilishida namoyon bо‘ladi, bunga natija keltiruvchi, о‘quvchi tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishida faol ishtirok etishi uchun ijtimoiy qadriyatli yо‘nalish sifatida tushuniladigan konkret mehnat faoliyati orqali ershiladi. Mehnat tarbiyasining yaxlit konseptual asosini tashkil qiladigan falsafiy, psixologik va didaktik komponentlar tо‘plami mazmuniga ilg‘or mehnat an’analari kiritilganida dissertant fikricha quyidagilarga imkon yaratadi: о‘quvchilarning о‘quv faoliyatini faollashtirishni ta’minlash; о‘quvchilarning bilish saviyasini oshirish; dastur materialini ongli ravishda о‘zlashtirilishiga erishish; mehnatga о‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining tarbiyaviy potensialini oshirish. О‘quvchilarni tarbiyalashda ilg‘or milliy mehnat an’analardan yaxlit foydalanish quyidagi psixologo pedagogik prinsiplarga asoslanadi: о‘quvchilarning yoshi bо‘yicha rivojlanishini hisobga olish; majmuaviylik, tizimiylik, ketma ketlik va izchillik О‘quvchilarning mehnat tarbiyasini ilg‘or milliy mehnat an’analari asosida bosqichma bosqich amalga oshirishning optimal darajalari deb maktabgacha muassasalar, oila, maktab (ham darsda, ham sinfdan va maktabdan tashqari ish), mahalla (turar joylaridai jamoatchilik tashkilotlari) belgilandi. О‘quvchilarning mehnat tarbiyasi jarayoni mazmuniy va protsessual jihatlarining birligi tarbiya jarayoniga ilg‘or milliy mehnat an’analarini, urf odatlarni samarali kiritishni belgilab berdi, xalq pedagogikasi mazmunining tarbiyaviy imkoniyatlarini intensifikatsiya qildi, о‘quvchilar shaxsiga pedagogik ta’sir kо‘rsatishning shakllari, metodlari va vositalarining an’anaviy tо‘plamiga turli tumanlikni kiritdi.


  1. Yüklə 159,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin