Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

89
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
o‘qitish masalasi paydo bo‘ldi. Buning sababi, ular bolalik va o‘smirlik davrida 
olgan bilimlari bir necha o‘n yillardan so‘ng eskirganligi aniqlandi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun dastlab pedagogika vositalaridan 
hech qanday o‘zgarishsiz foydalanilgan bo‘lsa-da, tezda yangi yondashuv 
zarurati paydo bo‘ldi. Bu andragogika – kattalarni o‘qitish fanining paydo 
bo‘lishida o‘z aksini topdi. Shu bilan birga, “g‘ildirakni qayta ixtiro qilishga” 
urinib, pedagogikaning barcha ilmiy va amaliy yutuqlarini butunlay inkor etish 
umuman rejalashtirilmagan. O‘qituvchilarning kasbiy kapitalini yangi vaziyat 
talablariga moslashtirish va kattalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini 
maksimal darajada aks ettiruvchi maxsus o‘qitish usullarini ishlab chiqishga 
harakat qilish zarur edi.
Natijada, o‘qituvchilar ma’lum bir yoshdagi auditoriya bilan ishlashga 
e’tibor qaratdilar. Faqat kattalar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar soni yil sayin 
ortib bormoqda. Аsosan pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishiga qaramay, ularni 
androgog deb atash to‘g‘riroq. 
Andragogika - bu kattalar ta’limining xususiyatlarini tavsiflovchi nazariya. 
Bu atama pedagogik voqelikdan vujudga kelgan ekan, unda so‘z katta yoshdagi 
odamni taʼlim orqali boshqarish, yetaklash to‘g‘risida boradi. Аynan kattalarga 
taʼlim beruvchi pedagog androgog hisoblanadi. 
Kattalarlarning samarali ta’lim olishi uchun ikkita asosiy to‘siq mavjud - bu 
faollik va motivatsiyaning yo‘qligidir.
Bu to‘siqlar nafaqat o‘quv jarayonida, balki olingan bilimlarni qo‘llash 
bosqichida ham namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda andragogika ko‘proq katta yoshdagi o‘quvchilarning 
xususiyatlariga va ularning fan orqali o‘rganishni yaxshilashga ko‘plab ilmiy 
ishlarni bag‘ishlagan Malkolm Noulz bilan bog‘liq.
 Noulz fikriga ko‘ra, kattalar va bolalar o‘rtasida 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin