KIRISH
Biz bugun к о 'rib turganimiz butun borlig' hissiyot va tuyg'u-
larimiz orqali tasavvur etayotganimiz barcha-barchasini so'z
orqali
ifoda etamiz. Yaratganning kalomini ham shu so'z bois anglashimiz,
Parvardigorni tanishimiz va unga ibodatu iltijolarimiz, Allohning
rasuli Muhammad Mustafo sollallohu
alayhissalomning hadisi
shariflarini anglashimiz, odamlarning bir-birlariga bog'lanishida,
muomala-munosabatida asosiy vosita bo'lgan so'zning (nutqning)
tarixiy taraqqiyotimiz yo'lidagi, madaniy-maishiy ishlarimizdagi,
ijod va ilm olish borasidagi xizmatlarini chegaralab bo'lmaydi.
Insoniyatni maxluqot olamidan ajratib turgan ham shu so'z
bo'ladi. Insonga fikrini ijro etish uchun
sezgi organlaridan biri
sifatida Alloh tomonidan til berildi. Aqlni esa inson ixtiyoriga
qoldirdi. Endi inson bolasi aqlini ishga solib, tili orqali so'zlarni
(nutqini) ifodalashga kirishdi.
Yaratgan egam
tanamizdagi
sezgi
organlarimizdan biri tilni (zabonimizni) ehtiyot qilib joylagan. Unga
o'ttiz ikkita tishlarimiz ortidan joy berib, yana lablar bilan berkitdi.
Bu suyaksiz tilimizga ehtiyotkorlik chorasi ham edi. Chunki shu bir
parcha (go'sht)
til orqali
har narsaga: yaxshilik va yomonlikka;
go'zallik va xunuklikka; mehribonlik va yovuzlikka; baxt va
baxtsizlikka; mansab va itoatkorlikka; boylik va kambag'al*
likka; do'stlik va dushmanlikka; birlik va ayriliqqa; obro' va
obro'sizlikka; omad va omadsizlikka; ezgulik va johillikka: meh-
natsevarlik va dangasalikka; halimlik va qo'pollikka; havas va
hasadga; taraqqiyot va zalolatga; yarashish va janjalga; tinchlik
va urushga; ruhiy tetiklik va tushkunlikka; sog'lomlik va bemor-
likka; turmush va ayriliqqa; mo'min va kofirlikka; izzat va
Dostları ilə paylaş: