Sezgi organlarimizning ko'z, quloq va burundan tashqari
barchasini odam o'ziga bo'ysundira oladi, jumladan tilni ham. Ana
shu bizga bo'ysunmaydigan a'zolarimiz gunoh yig'ishimizga sabab-
chi bo'ladi. Chunki ko'zlarimiz bilan
yaxshi va yomon narsalami
ko'rishimiz, quloqlarimiz orqali ahloqli va axloqsiz so'zlarni eshiti-
shimiz, burun bilan xushbo'y hamda badbo'y hidlami tuyishimiz
tabiiy hoi. Ko'zni yumib, quloq va burunni bekitib yurish mushkul
ish. Qarangki,
Alloh rahmdil Zot, u shu uchta a'zolarimiz yig'adigan
gunohlarni bartaraf etish uchun biz insonlarga “tavba” ne'matini
bergan. Madomiki shunday ekan, biz o'zimiz aql va farosatimizni
ishga solib laoqal tilimizni jilovlay bilishimiz zarur. Bu o'rinda
avvalo Allohning kalomi bo'lgan Qur'oni karim oyatlariga, payqam-
barimiz Muhammad salollohu alayhissalomning
hadisi shariflariga
amal qilishimiz shart. Shuningdek, xalq tomonidan yaratilgan og'za-
ki ijod namunalari sanalmish ertak, qo'shiq, doston, rivoyat va afso-
nalardan kelib chiqadigan xulosalarga, buyuk allomalarimiz yaratgan
asarlardagi pand-nasihatlarga amaliy yondoshmog'imiz zarur.
Shun-
dagina biz so'zimiz va nutqimizning qanchalik kuch-qudratga ega
ekanligini his etib yashaymiz.
Notiqlikni o'rgatuvchi va targ'ib qiluvchi qadim adabiyotlardan
tortib bizning davrimizda yozilgan va yozilayotgan maqola va kitob-
larda notiq, notiqhk,
nutq odobi, notiqlik san'ati; voiz, voizlik, voiz-
lik san'ati kabi atama va tushunchalami o'qiymiz. Og'zaki nutqda
odamlar orasida; so'z ustasi, so'zga chechan, so'zga usta, so'zamol,
so'zni boplaydi, gapni do'ndiradi,
gapga usta, chiroyli gapiradi;
suhandon, tilchida, adabiyotchida, shoirda
singari iboralami eshita-
miz. T o'g'ri hamma ham nutqiy nuqsonsiz tug'ilsa albatta gapiradi.
Biroq hamma odamlar ham gapga chechan bo'lavermaydi. Gapga
chechanlik, ya'ni notiqlik bu - qobiliyat va iste'dod. Notiqlik bu -
san'at. Qachonki, Alloh bergan tabiiy
qobiliyat bilan cheklanib
6
qolmay, o z nutqi va till ustlda erinmay ishlasa. mashq qilsagina
chinakam Notiqlik mahoratini egallashi mumkin.
Notiqlik bu-so'z san'ati, so'z san'ati bo'lganda ham
Dostları ilə paylaş: