“Notiqlik san'ati”ning predmeti, maqsad va vazifalari
Notiqlik san'atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal
bilan tuzilishi lozim bo'lgan so'z asaridir. Jozibali, teran so'z va gap-
laming jonli nutq orqali ifodalanishi Notiqlik san'atining predmeti
sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini kuzatish va tekshirish,
undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor shoir yohud
yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu
yozuvchi yoki shoirning og'zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos
yutuqlami ko'ra bilish mazkur fanning predmet ob'ekti sanaladi.
Notiqlik san'atining turlari ko'p. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy notiq
lik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan
9
yiginlarda so'zlanadigan ma'ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo'-
nalishdagi ma'ruzalar, auditoriya notiqligi. talaba va o'quvchilar
uchun o'qiladigan ma'ruzalar. ijtimoiy-maishiy nutq, turli ladbirlarda
so'zlanadigan nutq kabilaming ham nutqiy kamchiliklarini va yutuq-
larini (ham og'zaki. ham yozma shaklini) tekshirish jarayoni ham
notiqlik san'ati predmeti doirasiga kiradi.
Notiqlik san'atining tekshirish ob'ekti notiq nutqidagi gap quril-
malari, u nutqida ishlatgan so'zning qudrati, jozibasi, go'zal ifodasi
va maftunkorlik hislatlarini aniqlashga qaratilgan bo'lishi lozim,
Notiqlik san'ati amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyat-
lari, sirlari, til normalari, nutqning sifatlari, nutqiy uslubning nozik
tomonlarini his etish va notiq nutqida uchrashi mumkin bo'lgan
nuqsonhtr va talaffuzga doir muammolami hal etish yuzasidan baxs
yuritadi. Eng muhimi, notiqqa o'z bilimi va dunyoqarashiga suyan-
gan holda to'g'ri va chiroyli so'zlash yo'llarini o'rgatadi. Notiqlik
san'atining og'zaki, yozma shakllari mavjud bo'lib, har bir notiqning
nutqi o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu holat esa notiqning o'ziga
xos uslubi bilan o'lchanadi.
Notiqlik san'atining asosiy vazifasi notiq bo'lishga undovchi
qonuniyatlarni o'rgatishdan iborat. Biroq hamma ham notiq bo'laver-
maydi. Buning uchun bo'lajak notiqda qobiliyat va iste'dod bo'lishi
kerak. Chunki u - san'at. Shuning uchun ham ba'zi notiqlar material'
ni chuqur bilgani holda o 'z fikrini erkin nutqi bilan etkazib beroliuas-
ligi, natijada tinglovchilar uni tushunmasligi mumkin. Mohir notiqlar
nutqini esa tinglovchilar yaxshi tushunadi. U voqea-hodisa haqida
aniq-ravshan va jonli ma'lumot berishi orqali tinglovehi ongiga ta'sir
etishi. ularni kuldirishi, yiglatishi va hayolat olamini zabt etishi
mumkin. Notiqlik san'atining maqsad va vazilalaridan asosiylari
ham ana shunday no'noq notiqlar kamchiliklarini amqlash va mohir
notiqlar yutuqlarini kuzatish va yo'Uyo'riq ko' rsatishdan iborat. Shu
10
ma'noda notiqlik san'ati notiq bo'lishga undovchi qonuniyatlarni
o'rganadigan fandir.
Chunki, nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni
bartaraf etish, notiqlik san'ati zimmasidagi umumdavlat ahamiyati-
ga ega bo'lgan ijtimoiy-siyosiy vazifalardan sanaladi. Shu ma'noda
birinchidan notiqlik san'atini etarli darajada egallash har bir jamiyat
a'zosining madaniylik darajasini ham belgilaydi. Ikkinchidan, O 'zbe
kiston mustaqiligiga ko'z olaytirayotgan har qanday yot unsurlardan
himoya qilishda mafkuraviy kurash keskinlashgan holatda yashayap-
miz. Notiqlik esa mafkuraviy kurashning asosiy quroli sifatida
faoliyat ko'rsatmoq'i lozim. Notiqlik san'atining har qachongidan
ham o tk ir va keskir bo'lmogi bugungi kunning muhim talabi.
Yuqoridagi jiddiy sabablardan kelib chiqib notiqlik san'atini
kamolot sari yuksaltirishga muntazzam gamho'rlik qilish lozim
bo'ladi. Notiqlik haqidagi ta'limot uzoq o'tmishiga ega. U avvalo,
qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, ungacha Misrda,
Assuriyada, Vavilon va Hindistonda paydo bo'lganligi notiqlik tajri-
basidan ma'lum. U zamonlarda davlat arboblarining obro'-e'tibori va
yuqori lavozimlarga ko'tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham
bog'liq bo'lgan. Notiqlik san'ati sarkardalik san'ati bilan teng qo'yil-
gan. Bunga Demosfen va Sitseronlar hayoti yorqin misol.
Bizning ota-bobolarimiz yashagan hududlarda, avvalo xalq o g '
zaki ijodi, “Avesto”, “O'rxun-enasoy” yodgorliklari, Turon zamin-
ning miloddan oldin yozilgan Alp er T o'n g 'a (VII asr eramizdan
oldin) haqidagi dostoni va boshqa yozma yodgorliklari xalqimiz
tarixi. ijtimoiy iqtisodiy hayoti, madaniyati, tilini o'rganishda muhim
manba bo'lish bilan birga, Notiqlikka undovchi materiallarga boyli
gi bilan qimmatga ham egadir.
Xullas, bu soha bugunning dolzarb muammosi ekanini anglash
vaqti keldi. Ko'pgina hollarda (teleko'rsatuvlarda, o'zaro suhbatlar-
da, o'quvchi va talabalarning mavzu yuzasidan savollarga bergan
11
javoblarida) yoshlarimizning chaynalib, o'z fikmi ravon aytolmaslik-
larining guvohi bo'lamiz. Nega? Chunki nutqimizda nuqson ko'p.
Agar rus bolalarining, hatto bog'cha yoki maktab o'quvchisining
televizor orqali bo'ladigan savol javoblarini kuzatgan bo'lsangiz,
ular nutqida tutilmaydi, dovdiramaydi, bu nimadan? Bizning yoshlar-
dagi qusurga kim sababchi?, degan savollarga duch kelamiz. Buni
bartaraf etish uchun esa oiladan tortib bog'cha va maktablarda ham
bolalarimiz nutqidagi kamchiliklarga e'tibor berish zarur. Birorta
so'zni noto'g'ri talaffuz qilsa yoki noo'rin ishlatsa, albatta, erinmas-
dan ulardagi shu kemtiklikni to'g'rilash lozim. Har qanday odamni
gapidan, muomalasidan ko'z qarashidan, o'zini dadil tutib, gapirishi-
dan bilib olish mumkin. “Ish bilguncha gap bil” degan ibora bekorga
aytilmagan. Albatta, gap bilgan odam ishni ham biladi. Ishni bilma
sa, u o'sha ish haqida filer bildirolmaydi. Bizning ota-boboiarimiz
azaldan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr oqibatni har qanday zaru
oltinlardan, ma'danu boyliklardan afzal bilgan. Odamiylik, mehr-
oqibat birinchi galda so'zlarimiz orqali amalga oshiriladi. Insonga
Alloh bergan Ulug' ne'matlardan biri ham shu so'z va so'zlash
ne'matidir. Buning qadriga yetish muhim fazilat.
Dostları ilə paylaş: |