m ag'il. Bilm ag'on ilmdin dam urmag'il va undin non talab qilmag'il. Harna matlubing bo'lsa, bilg'on ilm va hunardin hosil bulur. Bilm ag'on hunar da'vosidin hech narsa hosil bo'lm as, faqat behuda zahmat chekarsan... Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrot (haddan oshish) qilm ag'il va ifrotni shumlig' deb bilm ag'il. Har ishla miyona (o'rta- cha) b o'lg'il, so'z aytmoqda va ish qilmoqda... sangin (og'ir) b o'lg'il. Rozingni (siringni) o'zingdan o'zga kishiga aytmag'il, agar aytsang so'ngra uni roz demag'il. Xaloyiqning orasida bir kishining qulog'iga so 'z aytish yaxshi emasdur. Agar bu so'z garchand yaxshi so'z bo'lsa ham, tashqarisin- dan uni yomon so'z deb gumon qiladilar va ko'p odamlar bir-birlari- dan dargumon bo'ladilar. Har so'z demoqchi bo'lsang, shunday so'z degilki, so'zingning rostlig'iga guvohlik bersinlar, Agar o'zingni zo'rlik bila aybdor qilmoq tilamasang, biror narsaga guvoh bo'lma- 55
g'il va agar guvoh bo'I sang, guvohlik berar vaqtda ehtiroz (saqla- nish, ehtiyotlanish) bo' lg'il. Agar guvohlik bersang, mayl bila ber- mag'il. Har so'zni andisha bila boshlag'il, toki aytg'on so'zingdin pushaymon bo'lm ag'aysan. Andishani ilgari tutmoq ham bir nav karomatdur. Hech so'zni eshitishdan diltang bo'lm ag'il. Ul so 'z ishinga xoh yarasun, xoh yaramasun, uni eshitgil, to yuzingga so'z eshigi beklanmasun va foydasi favt (yo'qotish, o'lim ) bo'lmasin. Sovuq so'zlik bo'lm ag'il. Sovuq so'z bir tuxumdur, undin dushmanlik hosil bo'lur. Agar har qancha dono bo'lsang ham o'zingni nodon tutg'il, toki senga hunar o'rgatish eshigi hamisha ochiq bo'lg'ay. Gar so'zni va