Navoiyning “Muhokamat ul lug'atayn”, “Mahbub ul — qulub”, ‘ Naz- mul-javohir” va boshqa qator asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lish bilan birga, tilning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi. Bizning ota-bobolarimiz qadimdan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zaru oltinlardan, m adanu boyliklardan, duru gavharlardan ustun qo'yib kelishgan. Alisher Navoiyning: Odami ersang, demagil odami, Onikim yo'q, xalq g'ami din g'ami - misralari ham bu fikrimiz- ning dalili sanaladi. Hazrat Alisher N avoiy Husayn Boyqaroni “Sohibqiron” deb Ulug'lagan bo'lsalar, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning turkiy tilda bitilgan 'Hamsa”sini o'qigach ‘ S o'z sohibqironi” deb ataydi va Navoiyga bag'ishlangan risolasida buni qayd etadi: Erur so'z. mulkining qahramoni Erur gar chin desang sohibqironi. N avoiy so'z qadrini benihoya ulug'lagan va uning qudratini o 'z davridayoq, hayotlik chog'idayoq sinab ko'rgan ulug' siym o edi. Shu bois ham hazrat N avoiy yozadilar: So'zdirki, nishon berur o'likka jondin, So'zdirki, berar jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Demak, odamning drikligidan nishona ham so'z, oshiq-mashuq- lar qalbidagi ishq-muhabbat tuyg'ularini taranr.um etuvchi ham so'z, hayvonat olamidan odamni ajratib turuvchi ham so'z ekanligini uqtirarkan, undanda go'zal narsa yo'qligiga ishontiradi. N avoiy so'z gavharini, uning qadr-qimmati va go'zalligini, inson ruhida jon kabi muhimlini ta'kidlaydi. Ulug' Navoiyning "Ey so'z, ne halo ajib guharsen, Gavhar ncki, bahri mavjvarsen, Derlar seni, dur, savob