O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

Sensor tarbiya usuli. 
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli 
faoliyat Jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish. loy va 
plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun 
qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib 
olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani 
buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga oYgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda 
esa qanday qilib rang yordamida tasviming badiiy ifodaliliga erishilishini ko’rish 
qobilj^ati rivojlanadi.
^MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga 
o’simliklarni, hayvonlarni parvaristr qilish topshriladi. Bu suv, er, quyosh 
issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning nomini 
osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ulaming shakli, rangi, tuzilishi. 
hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar “oldinga’\ “orqaga”, “tepada - pastda”, 
“uzoq-yaqin”, “chapdao'ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar va 
hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'Ichamining 
farqiga etadilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko’proq aloqada bo’lishlari tufayli ta’surotlari. eshitib 
ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning 
shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg’iming shatir-shuturi va momaqaldiroqning 
gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir.
Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat 
bo’lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. 
Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, 
rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib 
ko’rsatish va farqlashga o ’rganadilar.
Mashg’ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol 
o’ynaydi. Holbuki shu mashg’ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni 
tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
65


Bolalar biror buyumni nima uchun sinchklab qarash, ba'zi tolvushlarni 
yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina. ularda sinchklab qarash, 
narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil boMadi. SHuning uchun tarbiyachi 
bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ular qiladigan ishlarning 
ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. SHundagina ular ancha tushungan holda 
idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo'ladi: axir. daraxl shoxiari yaxshilab 
ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'ladi.
Boshqa faoliyat lurlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko'rishda tegishli 
tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga 
qog'oz va gazlamani g’ijimlaganda nima bo’lishini eshitib ko’rishni, qog’oz va bir 
parcha gazlamani yirtib ko'rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan qo’g’irchoq 
ko’ylagini suvda yuvishni taklifetadi.
To’plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar. 
undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo’ladi, 
biz undan tonnel quramiz”, "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og’ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini, va ta'rifini aniqlash, ulami ma'Ium bir 
xossalarga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham 
foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-hil mashg’ulotlar, 
mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo’shimcha material 
hisoblanadi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin