Bolalar biror buyumni nima uchun sinchklab qarash, ba'zi tolvushlarni
yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina. ularda sinchklab qarash,
narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil boMadi. SHuning uchun tarbiyachi
bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib,
ular qiladigan ishlarning
ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. SHundagina ular ancha tushungan holda
idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo'ladi: axir. daraxl shoxiari yaxshilab
ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'ladi.
Boshqa faoliyat lurlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko'rishda tegishli
tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash
uchun tarbiyachi bolalarga
qog'oz va gazlamani g’ijimlaganda nima bo’lishini eshitib ko’rishni, qog’oz va bir
parcha gazlamani yirtib ko'rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan qo’g’irchoq
ko’ylagini suvda yuvishni taklifetadi.
To’plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar.
undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo’ladi,
biz undan tonnel quramiz”, "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og’ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini, va ta'rifini
aniqlash, ulami ma'Ium bir
xossalarga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham
foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-hil mashg’ulotlar,
mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo’shimcha material
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: