tayyorlanishi кегак bo'lgan
jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar
(agar bunga zarurat bo’Isa), mashg’ulolning borishi va tarbiyachi foydalanadigan
metodik
usullar ko'rsatiladi.
Mashg'ulot
jarayonini
bayon elib yozishda
mashg’ulotning boshi va oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o’tishda)
bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko’rsatish kerak.
Mashg'ulol muvaffaqiyatli o’tishi uchun jihozlarni o’z vaqtida tayyorlash zarur.
Ularni tanlash mashg'ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga
bog’liq.
Odatda metodika kabinetida «MTMda ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma
bo’limlari bo'yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi. Etishmaganini tarbiyachi o ’zi
tayyorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi.
Mashg’ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq
emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini lekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o ’tkazadigan bo’Isa,
u oldindan ekskursiya
o ’tkaziladigan joyga borib kelishi, kuzatish uchun ob'ekt tanlashi,
bolalarni qanday
joylashtirishni o’ylab qo’yishi, eng yaqin va xavfsiz marshrutni tanlashi kerak.
Mayda sanoq materiali, rasm mashg’uloti. applikatsiya,
qurish-yasash uchun
materiallar. she'r, ertak matniari oldindan tayyorlab qo’yiladi. Ba'zi mashg’ulotlarga
tayyorgarlik ancha oldin boshianadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki
ko’chat o ’tkazishga qiziqish uyg’otish uchun ularga ko’karib turgan o’simlikni
ko’rs^tish kerak. Buning uchun uni avval etishtirish zarur.
^Navbatchilar mashg’ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullami quiay
qilib Joylashtiradilar, qo’llanma va, materiallarni qo’yib chiqadilar.
Jismoniy tarbiya
va musiqa mashg’ulotlaridan oldin bolalar poyafzaini almashtiradilar, sport formasini
kiyadilar.
Dostları ilə paylaş: