O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-mavzu: AXLOQIY VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR ASOSLARINI



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

6-mavzu: AXLOQIY VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR ASOSLARINI
SHAKLLANTIRISH
Reja:
1. 
Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari.
2. 
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatda tarbiyalash vazifasi
va amalga oshirish vositalari. 
.
3. 
Axloqiy tarbiyaning asosiy printsiplari (tamoyillari) va metodlari.
4. 
Jamoa - shaxs axloqiy kamolatining asosi.
5. 
Jamoatchilikni tarbiyalash jarayonida ahloqiy sifatlarni tarbiyalash.
6. 
Bolalar jamoasini shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar.
L Axloqiy tarbiyaning nazariy asoslari
«
Axloq so’zi - lotincha «moros», ya'ni moral, mantiq so’zidan kelib chicjib, u 
hech qaerda qat'iy yozib qo’yilmagan ijtimoiy konundir. Inson kundalik hayotida 
undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari 
har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo’ladi. Axloqiy tarbiyada kishi 
axloqiy bilimlarni o ’zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o’zini ana shu 
normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo’ladi. Bu 
motivlar esa o’sha kishini jamiyatda munosib xulk-atvorga rag’batlantiradi. YOsh 
avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy 
fazilatlarga 
muvofiq 
ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi 
shaxsni, 
axloqiy 
tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan 
murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o'zlashtiiib olishgina 
o’quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari 
yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
68


Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida 
shakllanish darajasi
Axloqiy
onglilik
Axloqiy
qadriyatlar
Axloqiy his- 
tuyg'ular
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib. muayyan jamiyatda yashovchi 
kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma lum xatti-harakat qoidalari yig'indisidir.
Axloq odamlarning bir-biriga. jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga 
munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon 
buladi.
Axloq - kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud boMsa. odob -
shaxsning ko’zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida 
namovon bo’ladi.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axioq malasalari markaziy 
o ’riAni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. 
SHuning uchun jamiyatning har bir a'zosining xulki4)dobiga alohida e'tibor bilan 
qaraladi.
Muqaddas Qur'oni Karimda va payg’ambarimiz Muhammad Alayhissalomning 
xadislarida insoniy axloq4>dobning barcha qirralari uz ifodasini topgan.
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: «Farzandlaringizni 
izzat-ikrom kilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar», «Men barcha 
yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman», «Mo'min kishida quyidagi 
ikki hislat bo’lmasligi kerak: baxillik va axloqsiziik».
O ’zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A.Karimovning «YUksak ma'naviyat -
engilmas kuch» asaridagi quyidagi fikrlarini eslashni joiz deb bildik: “Ma'naviy- 
axloqiy tarbiyaning shakllanishiga bevosita ta'sir etadigan yana bir muhim hayotiy 
omil bu ta'Iim va tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir”.
Ma'iumki, ota-^obolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma'rifat, 
ta'Iim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb 
bilganlar.
Albatta, ta'!im-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqta ong darajasi va uning 
rivojini ham belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini boyitadigan eng muhim 
omildir»'.
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik 
axloq asoslarini o ’z ichiga olgan.U 40 bobdan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, 
yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va'daga vofo qilish masalalari haqida so’zyuritadi.
' H.A.KipHMOE. 
Ю ксакмаънвЕтт- енпишаскуч. - Т ; Маънавият, 2008.
69


Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar ijtimoiy- 
falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Atlotun, Abu Nasr 
Farobiy. Ibn Sinolarning axloqiy ta'Iimotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan 
iborat bo’lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida 
so'z yuritib. axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolal, iffatga mufassal 
to’xtalgan, axioq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila 
va oilaviy hayot masalalariga bag’ishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga 
etkazish, kasb-hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy siyosiy masalalarga 
bag'ishlangan.
Ahmad YUgnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta'Iimiy-axloqiy yo’nalishda 
yozilgan bo’lib, bilimlilik, adolat, sahovat kabi hislatlar ulug’lanadi, etuk insonni 
tarbiyalash g'oyasi ilgari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» - yaxshi xulqiar egasi bo'lgan. U oqil va 
ladbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod ctishda 
ham shoshma-shosharlik va adolatsiziikka yo’l qo’ymagan. Amir Temur singari 
jahon 
ma'naviyati 
saltanatida 
o’z 
o'rinlariga 
ega 
bo’lgan 
buyuk 
bobokalonlarimizning axioq, go'zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan 
yozilgandek luyuladi.
Amir Temurning 
vasiyatlaridan 
xalqiga 
cheksiz 
sodiqligini, 
millatini 
ulug'laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksakligini ko’rish 
mumkin: «Millatning dardiga darmon bo’ling. Zaitlarni qo’riqlang, yo’qsinlarni 
boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz. rahbaringiz bo’lsin».'
Ota-bobolarimizning asriar davomida to’plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, 
ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohaasi hududida 
yaratilgan bebaho ma'naviy obida «Avesto» kitobi alohida o’rin tutadi. Ana shunday 
o ’lmas asori atiqalar bu ko’hna o ’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan 
buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma'no 
mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» degan tamoyilni 
oladigan bo'Isak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo’ladigan axloqiy saboqiar 
borligini ko’rish mumkin.
Ma'Iumki har bir xalqning o’z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo’ladi. 
SHu ma'noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish «Alpomish» dostoni 
millatimizning o’zligini namoyon etadigan, aviodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan 
qahramonlik qo’shig’idir. Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot momol 
sinovlaridan omon chiqib, o’zligini saqlagan, el-yurtimizniiig bag'iikeiiglik, matonat, 
olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o’z ifodasini topgan. SHu bois 
«Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi^.
Abdulla Avioniyning «Turkiy guliston yoxud Ahloq» kilobining «Haqqoniyat» 
deb atalgan bobida rostlik va to’g’ri so’zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri 
deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o’sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga 
alohida e'tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham ahloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.
' A.Темур угитлари. -Т : Н аврр, 1992 
^ И.А.Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т ; Маънавият, 2008 
70


«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun 
yoqimlirog’idir» - deydi mutat’akkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul quiub» asarida odob, ahloqqa oid g'oyalar ilgari 
surilgan. Insonparvarlik g oyalari ulug’langan.
Pedagogika f'ani yosh avlodni ahloqiy rivojlanishida larbiya va ta limni muhim 
omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining 
ko'rsatishicha, maktabgacha larbiya davri bolaning ma'naviy shakllanashida eng 
muhim bosqiehidir. SHu davrda ma'Ium maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiya la'sirida 
shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining 
ancha barqaror shakli yu?aga keladi. Bola atrofdagilar bilan boMadigan 
munosabatlarida egallab olgan axioq normalariga asoslangan xolda ish tutadigan 
bo’lib qoladi. SHuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy larbiya berish 
borish muhimdir.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin