O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

3. Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni
va metodlari
I'^stelik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, 
bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab bdgilanadi. Estetik larbiya vazifalarini xal 
ctish bolalarda tasbabbuskorlik, ma lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, 
orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog'langandir.
.
Mi M j v z j i i j u i i i u f v i a u ^ a w i i a
l A i i a i a i l l l f i g 1 Ш Г
bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning muzmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga 
oshiriladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, 
estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o ’z ichiga oladi.
Bular quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
- o’yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari 
bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni 
tarbiyalash;
100


- san'at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga. loy va plastilindan narsalar yasashga, 
ashula aytishga va shunga o’xshashlarga o'rgatish metodikasi mukammal ishlab 
chiqilgan.
Rola 
ijodining 
mazmuniga 
ta'sir 
etadigan 
asosiy 
vosita. 
bolani 
hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta'sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi 
yorqin, jonli taassurollardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish 
estetik idrok va xislarni rivojlantirish bilan bog'liq holda olib boriladi. Agar bola 
qishki labiatning go’zalligini his eta olsa, u albatta shu go’zallikni rasmda. hikoyasida 
aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi 
qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo’lsa, bunday kiloblar bolalar o'yini uchun 
rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba boMib xizmat 
qiladi. Agar bolalar tilning go’zalligini, she'rning ritmini. ohangdorligini his eta 
olsalar, o’zlari ham kichkina she’rlar to'qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning hamma 
turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo'naltirilgan bo’lishi ta'minlanadi. 
Bolalarni ijodiy maqsad qo’yishga o’rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko’ngil ochish kechalarida. 
ekskursiya va sayrlarda, har xil o’yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o’zlarining 
badiiy, ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun 
tarbiy^chi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu xildagi 
mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. 
SHu orqali u bolalarning o’ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o’rganadi, Bolalar 
orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta uyg’onadi. Ammo 
bu xali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo’lishini aniqiash huquqini bermaydi. 
Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan 
qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish- 
yasash va boshqa sohalardagi iste'dodning ilk kurtaklarini ko’rishlari mumkin. 
Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab 
o’stirishlariga, ularga to’g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin