O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Maktabgacha ta'limyoshidagi bolalarning estetik didini



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

2. Maktabgacha ta'limyoshidagi bolalarning estetik didini
rivojlanishidagi о ’ziga xos xususiyatlar
SHaxsning estetik xususiyatlari tug’ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol 
pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik 
rivojJanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, 
qiziqishlar, xis-tuyg’ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga 
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jushqin hayoti bilan 
chambarchas bog’liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, xali ularning estetik tarbiyasi to’g ’risida 
emas, balki ularning xissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola 
yaltiroq buyoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur 
qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi 
takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida 
kattalar muhim rol o’ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bnlan jo ’shqin ohangda 
gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda 
bo’lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogoxlantiruvchi ovozi, ular
98


yuzidagi tundlik alomati yoki ho'mrayib qarashlari, jerkib. sillab tashlashlari va 
hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sil'atiga salbiy munosabatni 
shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. 
Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan bifga san'at asarlaridagi 
ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda 
musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga. ohista 
va tezligiga javob ta'siri paydo bo'ladi va hokazo.
O ’rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojianishida muhim 
o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib 
qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo’lib, bolaning shaxsiy tajribasi va 
qiziqishiga bog’liq bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar. ba'zi bir 
estetik vositalarni to'g’ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo’lib 
qoladilar.
Bolalarda go’zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta'siiii. t'aol tusda 
bo'ladi. Bu ayniqsa ular qo'g'irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha 
qilganlarida aniq namoyon bo’ladi. Bolalar asar qabramonlari harakatiga bemalol 
qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o’zini qanday tutishni aytib 
turadilar, o ’zlarini ular bilan birga o’ynayotgandek xis etadilar. Bu yoshdagi bolalar 
tanisl\bo’Igan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir xulosalar 
chiqfiradilar. Bolalar she'mi nasrdan, badiiy asarning ba'zi bir janriarini, tasviriy 
faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani 
o ’yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda quyilgan 
vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish namoyon bo’la boshlaydi. 
Bolalar o ’yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o'ynniarida obrazlarning 
ifodali bo’lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan 
tinglaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy 
qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada 
musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojianadi. Ularda ayrim musiqa janriariga. 
adabiy va tasviriy san'at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo’ladi.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda 
toplshnioqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar lo’qiydilar, appiikatsiya va rasmlar 
ishlaydilar. Endi ular o’zlarining va o'rtoqiarining ishlarini baholaydigan bo’lib 
qoladilar.
Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o’qilayotgan 
she'rlarning eng nozik tomonlarini ko’ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy 
asarlardagi ba’zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o’z nutqiarida ishlatadilar. 
Tevarak-atrofdagi go’zallikka, san'atga, badiiy va o’yin faoliyatining har xil turlariga 
nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Bolalar badiiy asar qahramonlari xatti-harakatiga juda katta his-hayajon bilan 
munosabat bildiradilar, ammo asardagi qahramonlar xulqidagi yashirin sabablarni
99


ular xali anglab cla olmaydilar, bolalarda badiiy ijodkorlikning rivojlanishi davom 
L'ladi. ammo ularning fikriari xali aniq, barqaror cmasligi bilan ajralib luradi.
SHunday qilib. maklabgacha la'Iim yoshi davri larbiyaviy ta'sir orqali bolalarni 
cstclik ruhda larbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda lutgan 
o ’rnidan kclib chiqib, estetik rivojianishlarini takomillashtfrishdir.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin