O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

\
. /
tabiat quchog’idagi 
mehnat
Maktabgacha ta’Iim 
yoshidagi bolalar jalb 
qilinadigan mehanat 
turlari
\.
xo’jalik-maishiy
mehnat
qo’l mehnati
O ’z-o’ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo’lib, imda bolalar 
ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va echinishga, 
o ’yinchoqlarni yig’ishtirib qo’yishga o’rgatiladi. O ’z-o’ziga xizmat qilish 
jarayonida bolalarda mustaqillik, ma'Ium maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar 
shakllanadi, bolalar qo’llaridan kelgan ishni o’zlari bajarishga o ’rganadilar. O ’z-
86


o ’ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi, 
batartiblikka, intizomli bo’lishga, xulq-odobga o ’rgatadi.
Bolalar xo’jalik-maishiy mehnatga MTMda va oilada jalb etiladi. lining 
mazniuni bar xil bo’ladi: xona va MTM maydonchasini yig’ishtirisli, stolni 
bezatish va stoldagi idish tovoqiarni yig’ishtirish.choy idishlarini, kug’irchoq 
kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotga kerakli materiallarni tay^orlab 
qo’yish, mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib olish va hokazo.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlania rivojianishida muxim ahamiyatga 
ega bo’lib, o ’simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to’g’risidagi bilimlar 
manbai, 
bolalarda 
mehnaisevarlikni, 
tabiatga 
extiyotkorlik 
munosabatini 
tarbiyalash vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni 
ekishga tayyorlash va o ’g'itlash, ko’chatni o ’tkazish, o ’simlik va hayvonlami 
parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. 
Mehnatning asosan ochiq xavoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniktiradi, 
ulaming sog’Iigini mustaxkamlaydi.
Q o’l mehnati - mashg’ulot, o’yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan 
o ’yinchoq va kurilmalarni tayyorlash bo’yicha bolalar mehnatidir (qog’oz 
qiyqimlarini tashlash uchun, o’simliklar urug’i uchun qutichalar, qo’g’irchoq 
kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o’xshash narsalar tayyorlash).
Q o’l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga 
keladP. Bolalar yopishtirish, bo’yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va 
shuitga o ’xshash oddiy mehnat malaka va ko’nikmalarini egallab oladilar. Ularda 
ijodkorlik, topog’onlik, zexnlilik xislatlari o ’sadi.
Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati har xil mehnat 
jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng 
tushunchadir. Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o’ziga xos bir bo’lagi bo’lib, 
uning tarkibida esa mehnat faoliyatiniqg hamma tarkibiy kismiari, mehnatning 
maqsadi, material va mehnat kurol-aslaxalari, biron natijani yuzaga keltirish 
maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehnat 
sabablari va mehnat maxsuli yaqqol ko’zga tashlanadi.
Mehnat faoliyatini egallash — bu birinchi navbatda mehnat Jarayonini uning 
tarkibiy qismiari bilan birgalikda egallab olishdir. SHunga qarab bolalarning 
mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular qo’yidagilardan iboratdir;
1. Bolalarni bo’lajak mehnat faoliyati oldidari maqsad qo’yishga o ’rgatish.
2. Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o ’rgatish.
3. O ’z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o ’rgatish.
4. Mehnat malakasi va ko’nikmalarini o ’rgatish.
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda 
bajarilganligiga qarab o’zining va boshqalarning ishini to’g’ri baholashga 
o ’rgatish.
6. Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.
7. Jamoa 
mehnat faoliyati 
vaqtida 
bolalarda 
ijobiy munosabatlarni 
shakllantirish.
87


Maqsad qo'yish.
Maqsad qo’yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul 
qilishdan boshlab to o ’zi mustaqil maqsad qo’yadigan bo’lguncha rivojianib 
boradi (o'simlikka suv quyishdan to uni o’stirguncha). Bolalarning o’z oldilariga 
maqsad qo'yib ish bajarishlarini rivojiantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish 
zarur:
1. Bolalar mehnat qilishdan ko’zlangan maqsadni tushinib etishlari kerak 
(nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko’zlangan natija nima?);
2. Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o’xshashlar tarzida ko'rsatmali 
tasavvur eta bilish;
3. Ishning m o’ljallangan vaqtda bajarilishi;
4. Bolalar kuchi etadigan ishlarni qilishi (masalan, ko’chat o'tkazish, 
o ’simlikni sug’orish, ularni parvarish qilish va shunga o’xshashlar) kerak.
Bola o’z mehnatidan ma lum bir natijaga ega bo’lishni anglab etgan 
taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq 
bilan mehnat qiladi.
Mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olish - maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar 
bola mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erish olmaydi. 
Bolalar mehnat malakalari va ko’nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat 
jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o ’Ichab kesib olish, ninaga 
o'tkazish, uchini tugish, tikish; o’yinchoq yasash uchun egish, bukish, tahlash, 
burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishjari 
kerak bo’ladi. Bu ish harakatlarini ma lum tartib bilan bajarish uchun har bii^bola 
o’z mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak.
Mehnat jarayonini 
rejalashtirish
T
ish jo) ini 
yijfishtirib 
qo'yish
nshnal fawHyati uchun 
ira-deli ish qimjllanni 
taviorlab olish
q a j e J a r ^ a t l a r n i qay.si 
izchitlikda bajarish 
kenikligm t va undan 
ksrtijgrm'riiitiifiaiiliniiriliilH
olish
Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi o’rgatadi: 
mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini tanlaydi va 
uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati Jarayonini 
qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.
O’rta va katta guruhlarga borganda bu harakatlarni mustaqil bajarishga o’rgatadi. 
Bunining uchun bolalarga quyidagi savollar bilan murojaat qilib boradi;
1. Biz nima qilamiz?
2. Buning uchun nima qilishimiz kerak?
88


3. Ishimiz uchun nimalar-qanday materiallar, qanday ish kurollari kerak?
4. Bu material va ish kurollaridan foydalanish ungay bo'lishi uchun ularni ish 
o'rnimizda qanday joy lashtirishimiz kerak?
5. Ishni nimadan boshlab, qanday davom ettirishimiz kerak? (savol mehnat 
oddiy va murakkabligi, mazmuniga qarab bir necha marta takrorlanishi mumkin).
6. Ishni qanday tugatamiz?
Mehnat f'aoliyatini rejalashtirib olishga oTgatish mehnatni sifatii bajarishga va 
mehnat madaniyatiga o'rgatadi.
Natija - mehnat faoliyatining muhim tarkibiy qismi boMib, uni bolalar ongli 
ravishda anglab etishlari kerak.
Natijaga erishish bolalarda mehnat qilish odatini, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi, 
mehnat harakatlarini sifatii bajarishga o’rgatadi.
Mehnatning sababi, ya'ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu 
quyidagi shart-sharoit ta'sirida rivojianadi;
1. Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy moxiyatini bilishlari 
kerak.
2. Bolalar yasagan buyumlardan MTMda. oilada foydalanishi kerak.
3. Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.
4. Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foydasini 
baholash.
SHunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismiar bilan egallab 
olinisni maktabgacha ta'Iim yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi 
hiso\)lanadi.
MTMda mehnatni tashkil etish shakllari. Maktabgacha ta'Iim yoshidagi bolalar 
mehnatining asosiy shakllari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin