SHu bilan birga o'zining xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko'ra
mehnat va o'yin bir-biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo'yiladi. uni amalga
oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi. vositalar iziab topiladi.
O'yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqiid qiladi. O'yinda mehnat
singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singaii bolalarga quvonch
bag ishlaydi. ular o’zlarida qoniqish xissini sezadilar. O’yinda bola o'z o'ylaganini
rivojlantirishi etakchi roini o’ynaydi, mehnatda esa natijaga erishish yo'lidagi mehnat
harakatlari, o'yin o’zining rivojianishidagi har qanday bosqichda to'xtatilishi
mumkin, mehnatda esa albatta ko'zlangan natijaga erishiladi.
Bolalarning mehnat f'aolivati qachon va qanday qilib o’yindan ajratiladi? Kichik
bog’cha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o’z-o'ziga xizmatdir. Bu kichik
bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. SHuning uchun bu yoshdagi bolalarni
mehnatning bu turiga o’rgatishda ko’pincha o’yin vaziyatlaridan foydalaniladi
(«Ko’g’irchoqni sayrga otlantiramiz», «Qo’g’irchoqni uxlatamiz» va shularga
o’xshashlar). Avvaliga bolalar o’yin obrazi orqali mehnatga o’rgatiladi. SHu orqali
bolalar ishonch bilan harakat qilishni o’rganadilar.
Sekin-asta o’z-o'ziga xizmat qilish malaka va ko’nikmalari shakllana boradi.
Dostları ilə paylaş: