O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Jamoa - shaxs axloqiy kamolatining asosi



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

4. Jamoa - shaxs axloqiy kamolatining asosi
Jamoa suzi lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, omma, birlashma
yig’ilma, guruh ma'nolarini anglatadi. Aniqrok aytiladigan bo’lsa, jamoa bu 
kishilardan iborat guruh demakdir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi 
ahamiyati to'g ’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridanoq 
bildirilgan.
Kishilarning jamiyatda birga yashashi, o’zaro bir-birini qo’llab-quvvatlashi, 
ozchilikdan-ko’pchilikning afzalligi hakida payg’ambarimiz S.s.a.v.ning hadislarida; 
«Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to’rt kishi uch kishidan 
yaxshi, ko’pchilik bilan birga bo’linglar. Tangri ummatlarini faqat to’g’ri yo’lda 
borishlikka birlashtiradi», - deyilgan. Kishilarning boshiga yaxshi kun ham, yomon 
kun ham tushganda albatta maxalla, karindosh-urug’ madadkor bo’ladi. Buni biz urf- 
odatlarimizda ko’rishimiz mumkin. M: hasharlar, to’yga tuyona bilan kelish va 
hakazo.
73


SHaxsni shakllantirishning muhim omillari bo’lgan jamoa to'g'risidagi ta'limot 
axloq tarbiyasida muhim o’rinni egallaydi. Buning uchun bolalarni asta-sekin, avval 
bir necha kichik-kichik guruhlarda uyushtirib, so'ng birgalikda biror ishni bajarishga 
tortish kerak. Bunda qo’yilgan maqsad bolalarga tushunarli bo’lishi kerak. Umumiy 
ish bar bola ozgina bo'Isa ham ishtirok etadigan qilib tashkil etilishi lozim. Bunday 
xususiyatlarni tarbiyalashda san'at, bolalar bayramlari. birgalikdagi mehnat va 
faoliyatlarning tutgan o'm i kattadir.
Bolalar o'yinlari va mehnatining jamoa tusida bo'lishi alohida ahamiyatga ega. 
Bular bolalarni birga harakat kilishga, o ’z intilishlarini umumiy maqsadga 
yo’naltirishga, o’z ishini va maqsadini boshqarish ishi va harakatiga bo’ysungan 
holda boshqarishga o'rgatadi.
Bola yoshlidan boshlab, o'zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotda, 
birgalikda bo lishga ehliyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani o’zi tanlay 
olmaydi. U biron Jamoaga sharoit laqozosi bilan kelib qoladi. YAshab turgan Joydagi 
yoki ota-onasini ish Joyidagi maktabgacha ta'Iim muassasalariga qatnay boshlaydi. 
Bu muassasalarga bola o’z xoxishi bilan bormaydi. SHunga qaramay bola bu 
jamoaning qonun-qoidalariga buysunishi, uning tartiblariga rioya qilishi shart. Aks 
xolda uni jamoa kechirmaydi. Natijada bola o'zi yashayotgan axloq, odob 
tajribalarini egallashga majbur bo’ladi. SHuning uchun buyuk mutafakkir A.Navoiy 
bola yoshligidan oqil va fozil kishilar jamoasida qatnashib, ularning suhbatlaridan 
baxramand bo’lishlarini tavsiya etadi.
Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta 
ahamiyat bergan. U jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajmtib 
ko’rsatgan edi: 

• Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi.
• O’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish 
asosida o’z qadr-qiymatini anglash.
• Uning a'zolari o ’rtasidagi do’stona birlik.
• Jamoaning har bir a'zosidagi do’stona birlik.
• Tartibli, ishchan harakatga yo’llovchi faollik.
• O ’z hissiyot va so’zlarini boshqara olish ko’nikmasi.
Bolalar o ’zaro yashayotgan jamoaga bo’lgan munosabatiga qarab bir necha 
guruhga bo’linadi. Birinchi guruh ijobiy xulqli bolalar bo’lib, ularni jamoa a’zolari 
hurmat qiladilar. Bu toifadagi bolalar jamoasining faollari bo’lib, tarbiyachi jamoa 
munosabatlarini o’rnatishda ularga suyanadi.
Ikkinchi guruhga kiruvchilar faollar tashabbusiga qo’shiladi, ammo barqaror 
bo’lishadi.
Uchinchi 
guruhdagilar 
tortinchoq 
bo’lib, 
o’yinda 
qatnashmaydi, 
mashg’ulotlarida ham sust bo’lishadi, bunday bolalarga alohida e'tibor va yordam 
berish zarur.
74


5. 
JamoatchiHkni tarbiyalash jarayonida ahloqiy
sifatlarni tarbiyalash
InsonpaiTarlik 
hissini 
tarbiyalash.
Maklabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulk-alvor qoidalari orasida insonparvarlik 
muhim OTin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o'rgatish 
asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga oTgalib borish kerak. 
Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik 
bolaga yaxshi bo’l deganingiz bilan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik 
bilan yomonlikni to’g’ri tahlil kilish hayotiy tajribasi etishmaydi. Bu yoshdagi 
bolalarni yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi; yiqilib tushgan bolani turg'azib qo'yishga 
yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo’yish, yupatish, o'simlik va 
hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o’rtog’iga berib turish, tik turgan kishiga 
joy ko'rsatish. eng muhimi boshqalarga ko’rsatilgan xizmatdan xursand bo'lishga 
o ’rgatish.
Kamtarlik, to g 'rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash.
Bu xususiyatlar sog’lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan 
hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va olijanob fazilatlaridan biridir. Bu 
asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, 
bolal^rga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni 
yo’gotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o ’zlarini boshqa bolalardan ustun qo’yishga 
urinadilar, ba'zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda 
bolalarning ota4)naIari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va 
muhimligi to’g’risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning 
uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani 
bilmagan o ’rtog’iga o ’rgatish kerakligini, o’z-o’zini maqtash yarashmasligini 
tushuntiradi.
Sofdillik va rostguylikni tarbiyalash yolg’onchilik va vijdonsiziik paydo 
bo’lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog’likdir.
Ba'zi bolalar o’zlari to’qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida 
ko’rgandek qilib ko’rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» 
to’qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
SHunday kilib, bolalardagi harakterning ijobiy namunalarini, ularning yosh 
xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ahloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari 
bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash.
Vatanparvarlik ijtimoiy, tarixiy va axloqiy his-tuyg’ular sifatida odamning 
ijtimoiy taraqqiyoti davomida paydo buladi. Ibtidoiy Jamoa tuzumida vatanparvarlik 
faqat o ’z urug’doshlariga, ona erigii, urf4)datlariga bog’Iiq his bo’lgan bo’Isa, sinflar 
paydo bo’lishi bilan vatanparvarlik g’oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora 
ko’proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davriar o’tishi bilan bu tuyg’u buyuk 
qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash.
Ф
75


Vatanga muhabbat - eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda 
Vatanga muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg’unlashib ketgan. Vatanga 
muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy 
taraqqiyotini va ular tafakkurining aniq va obrazliligini e'tiborga olgan holda ma lum 
izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. SHuning uchun bu yoshdagi bolalarda vatanga 
muhabbat hissini, ularga yaqin va tanish bo’lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali 
tarbiyalab boriladi.
Baynalminal tarbiya.
Bizning respublikamiz o 'z mohiyati bilan baynalminaldir. SHuning uchun 
maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalminalchilik, .xalqiar do’stligi hislarini 
tarbiyalab borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash asosida 
boshqa millat va xalqiarga ijobiy munosabat, turli xalqiar hayotiga qiziqish hissini 
paydo kilish maqsadi yotadi. Bunday his-tuyg’ularni rivojlantirish asosan taqiid qilish 
orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga baynalminalchilik 
his-tuyg'ulari asosini shakllantirishda qardosh jumxuriyatlarda yashaydigan har bir 
millat vakillari bilan uchrashuviar o’tkazish; maxsus mashg’ulotlarda ularning urf- 
odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to’g’risidagi adabiyotlarni o’qib berish, suhbat 
o’tkazish, rasmiar ko rsatish, diafilmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti 
to’g'risidagi hikoyalarni o ’qib berish foydali bo’ladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin