O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

4. Estetik tarbiya vositalari
Bolalarda go’zallik haqidagi bilimlar atrof voqelikni uning butun xilma-xilligida, 
siiuningdek go’zallik eng ko’p jamlangan holda aks etadigan san'atni estetik 
o ’zlashtirish jarayonida tarkib toptiriladi. Hayot xilma-xilligi, san'at turlari va 
janrlarning xilma-xilligiga sabab bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har biri 
o’z janriga ega bo’lgan grafika, rangtasvir, xaykaltaroshlik, manzarali amaliy san'at, 
adabiyot va musiqa bilan tanishadi.
Bolalar shuningdek bizni o’rab turgan dunyoning eng muhim estetik tomonlari 
va xususiyatlarini ham egallaydilar. Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va 
cholg’u, undagi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, musiqali 
ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beriladi. Bolalar xalq qo’shiqlari 
va raqslari, doira bo’lib qo’shiq aytish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan 
tanishadilar.
101


MTMnt отаЬ turgan go'zallik muhiti bolalarning har tomonlama kamol 
lopishiga, cstclik didlarining larbiyalanishiga yordam beradi.
Estctik tar-biyaning 
assosiy vositalari
bolalarni o'rab turgan m uhit 
turmush eslclikusi:
(evarak-alrofdan 
olingan 
ta‘s- 
surotlar
tabiat. san'at asarlari; 
bolalarning tas\ iriy faoliyallari;
bayramlar, ko'ngil ochar lad- 
birlar:
ma lum maqsadga qaratilgan va 
rcjali ravishda amalga oshiri- 
ladigan ta'Iim.
Pedagogika sistemasiga xos boMgan estetika va etikaning birligini oilada 
MTMlarda kichkintoylarni tarbiyalashda bemalol qo’llash mumkin. Lekin haqiqiy 
turmush estetikasini yaratish uchun tarbiyachi va ota4)nalarning yuqori madaniyatli, 
yaxshi xulqli, xushmuomila, badiiy didli bo’lishlari talab etiladi.
Bolalarni o'rab turadigan chiroyli narsalarning o'zi bolaga hech narsa bermaydi, 
shuning uchun bolalarni ularni ko’rishga, qadriashga, baholay bilishga o ’rgatish 
kerak. Tarbiyachi bolalarning diqqatini polning tozaligiga, yaxshilab joy-joyiga 
qo’yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. Har bir yangi narsa, yangi 
bezak bolalar bilan birga ko'rib chiqiladi. Eng muhimi, hamma narsalarni bolalarda 
cstetik zavqni qo’zg'ata oladigan qilib ko'rsatish kerak.
Bolalarga estetik zavq uyg'otish uchun ularga kuzatilayotgan narsaning 
mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning hislariga ta'sir etish uchun 
bu xali etarli emas. Eng muhimi. bu erda kattalarning namunasidir. Tarbiyachining 
o’zi zavqiansa, ortiqcha so’zlarsiz go’zallikka qiziqish uyg'ota oladi va bolalarda 
estetik kechinmalar paydo qila oladi.
Bolalar tarbiyachidan «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» - deb so’rashadi, 
tarbiyachi istirohat bog’iga borib ko’ramiz deb javob beradi. Bog’ga borishganda 
bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib daraxtlami, yo’lkalarni kuzatamiz». Bog’ning eng 
xushmanzara joyiga kelganda bolalar to’xtab, Jim atrofga nazar tashlashadi-da, nima 
uchun oltin kuzligini tushundik. CHunki barglar tillaga o’xshaydi. «Ana qizil 
barglar», deyishadi ular hayajon bilan. SHamol bo’lishi bilan barglar erga tushadi. 
Yo’lkalar esa gilamga o’xshaydi.
102


Ko'chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday deydi; «Biz hozir 
siziar bilan MTM ko'chasidan yurib o'lamiz. Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, 
kim qanday chiroyli narsa ko'rsa. sayrdan keyin so’zlab beradi».
SHuni ta'kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalarni shu ajoyibotni кота 
bilishga, undan hayratlana olishga o’rgalish lozim. Tabialning go’zalligini va 
ajoyibligini inson hayot go’zalligiga, san'at go'zalligi va ajoyibotiga aylantiradi.
Jonajon tabiat esletik tarbiyaning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tevarak- 
atrofdagi tabiat go’zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg’ular 
va hayollarda saqiangan go’zalligi bolalikda ayniqsa yorqin va chuqur idrok qilinadi. 
inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqalini tabiatning paлg- 
barangligiga, uning o'zgarishi va uyg'unligiga qaratadi, tabiat hodisalariga qiziqish 
uyg’otadi, unga muhabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi. asrab- 
avaylashga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi. 
ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko’rib, atrotdagi go’zallik inson mehnati 
tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Tarbiyachi bolalarga tabiat olamini kashf etadi, bolalaning g'unchadagi bir 
tomchi shabnamda ham, o’tlarning biri ikkinchisi bilan qo’shilib ketishida ham, 
oqshom bo’yoqiarida ham tabiat go’zalligini ko’ra bilishlariga yordam beradi.
MTMda tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hayvonlar va o’simliklarni 
kuzat^h va parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to’g’ri 
munosabatni, go’zallik yaratish xohishini shakllantiradi va qizg’in faoliyatga 
undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, guizorda, MTM maydonchasida mehnat 
qilishda ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o’z mehnati mevasini eyish bolaga 
alohida estetik huzur bag’ishlaydi. Dala va bog’larga sayrga borganda tabiatning 
go’zalligi va boyligidan, u erdagi dehqonlaming yaratuvchilik mehnatlaridan 
benihoya zavqianishadi.
MTMda bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san'atning har xil turlari va 
janriaridan (musiqa, rassomchilik haykaltaroshlik xalq amaliy san'ati, adabiyot va 
hokazo) foydalaniladi.
San'at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas manbai 
bo’lib xizmat qiladi. SHu bilan bir vaqtda har bir kishining rivojlanishi, ma'naviy 
boyishi uchun ham vositadir.
Badiiy asar kishining xis-tuyg’ulariga ta'sir etsa, hissiy kechinmalar kishida 
fikrlasliiii uyg’otadi. Badiiy asardan hayajonlanish fikilashni faollashtiradi. Qiziqarli 
ertak yoki rasm boiada flkrlar o’yinini uyg’otadi. Bu to’g’rida S.YA.Marshak 
shunday degan edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatorasiga 20 marta eshitishga 
tayyorlar. Bunga sabab ertak o’z tuzilishi bo’yicha aniq, uning mantiqi va motivi 
izchil, har qanday bola o’zini ertakdagi qahramon o’rniga qo’ya oladi va «Qizil 
shapkacha»ni o ’ynay oladi. San'atning hamma turlari - adabiyot, musiqa. 
rassomchilik xaykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir. Gilamchilik, 
tuqimachilik, kulolchilik, zarduziik, kashtachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall 
patnislar, to’qilgan va tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san'atning 
manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqari, MTMda har bir viloyat, o’lka, 
respublikaning milliy madaniyatidan foydalanish kerak.
'
.03


Ta'lim-tarbiya ishlarida o'zbek xalq amaliy san'ati namunalaridan foydalanish 
katta ahamiyatga egadir. O’zbek naqshlari tushirilgan chiroyli guldor matolar 
q o 'g ’irchoqlar uchun ko’ylak, oyna pardalari, daslurxon kabilar uchun ishlatilishi 
murnkin.
Musiqa bolalarning kayfiyatini ko’tarib ertalabki badan larbiyada yangray 
boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtlarida ekskursiya, sayr va o’yin vaqtlarida 
ashiilalar ijro etilishi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini 
ko'taradi. Maydonchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat ritmini 
uyg’unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag’ishlaydi.
Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy san'at asarlari bilan 
tanishtirish zarur. Radio, oynai jahonda san’at ustalari va tengdoshlari ijro etgan 
asarlar bolalarning estetik rivojianishida katta yordam beradi.
Ashula aytib o’yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan foydalaniladi, bu 
bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g’oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq 
kuylari va obrazlarini ijro etayotib, xalq till va kuyining hamohangligini, ravonligini 
bilib oladilar. Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi. musiqaviy didini 
shakllantiradi, bolalarni zamonaviy va klasSik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. 
Ashula va raqsga tushishga o’rgatishda faqat to’g’ri aytish va to’g’ri harakat qilishni 
emas, balki ifodali aytish va engil, chiroyli va latofat bilan raksga tushishga 
o'rgatiladi.
MTMda o ’tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur ta'sir etadi. Bayramning 
tarbiyaviy kuchi va o ’ziga xosligi uning g’oyaviy va estetik mazmuni san'atning 
turli ko’rinishlari bilan bog’liq bo’lishidadir. Har qaysi bayram o ’z g’oyasi^a ega 
bo’lib, u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta'sir ko’rsatadi.
Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo’g’irchoq teatrdir. Uning nihoyatda 
kuchli ta'sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari j o ’shqinligi va qo’g ’irchoqligi 
(o ’yinchoqligi), shuningdek, badiiy so’z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san'at kabi 
tarkibiy qismiarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko’zi o ’ngida yaqqol 
namoyon bo’lishidadir. Qo’g ’irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina 
qolmay, balki unda o ’zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, 
tashabbusi, nutqini o ’stiradi, hayotiga quvonch bag’ishlaydi.
Diafilm ko’rsatish bolalarning estetik didlarini o ’stirishda muhim vositalardan 
biridir. Diafilmlar ko’rsatishni adabiy matn o ’qib berish bilan qo’shib olib borish 
bolaga filmning mazmunini yanada to’g’riroq va ta'sirchanroq tushunishga 
yordam beradi.
Bundan tashqari, qo’g ’irchoq teatri, soya teatri ko’rsatish ham bolalarni 
estetik tomondan 
tarbiyalashda alohida o ’rin egallaydi. 
Bu o’yinchoq, 
qo’g’irchoqlar bolalarga tanish bo’Isa-da, ulami tarbiyachi qo’li yordamida 
harakatga keltirib, badiiy so’zlar bilan qo’shib olib borishi natijasida ular bolaning 
ko’z o ’ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur 
idrok eta boshlaydilar.
Badiiy didning shakllanishida kitoblar muxim rol o’ynaydi. Kitoblar faqat 
bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina emas, balki shu bilan birga 
bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir.
104


Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda 
so’zlardan ko’ra rasmiarning ta'siri ayniqsa katta bo’ladi. Bola kitobchadagi 
rasmiami qayta-qayta o’z o’rtoqiariga, kattalarga, qo’g’irchog’iga «o’qib» berish 
bilan uning mazmunini o’z xotirasida mustahkamlaydi, Kitobdagi cliiroyli, yopqin 
rasmiar bolalaming badiiy didini tarbiyalaydi.
Kattalar mehnati, qahramonlik shuningdek, ona Vatanga bo’lgan muhabbat, 
do’stlik, birodarlik, bolalaming ota-onalariga nisbatan mehribon bo’lishlari kabi 
mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.
Bolalaming sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmuxsin, SHukur Sa'dulla. 
Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan she'rlari ularda ijobiy his- 
tuyg’ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga o’rgatadi. dunyoqarashini shakllantiradi. 
ona tilining boyligini. so’zlarning ta'sirchanligini his qilishga yordam beradi.
Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Ertakning yaxshi tomoni 
shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin va tanish. Ertak 
till hayotiy hamda jonli bo’ladi. Eng muhimi. tarbiyachining o’zi badiiy adabiyotni 
sevishi va tushunishi, nasriy asar va she'rlarni itbdali o’qiy bilishi kerak.
MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan kontsertlar, bayramlar, 
kichkintoylarning tug’ilgan kunlarini nishonlash bolalarda quvonchli hislarni 
uyg’otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqianib qoladigan qilib 
tashkil etilishi kerak.
?Ailosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson 
qilib% tarbiyalashning muhim qismi bo’lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan 
chambarchas bog’langan holda amalga bshiriladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin