islohotlar o‘tkazish yo‘li bilan Yaponiyani zamonaviy davlatga
aylantirish haqida o‘ylay boshladilar.
Im perator tarafdorlari Yaponiyani
modernizatsiya
qilish
uchun kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tu-
gatish va imperator hokimiyatini qayta tiklash uchun foyda-
lanishga qaror qildilar.
Shu tariqa mamlakatning kuch bilan ochilishi va syogun
hukumatining chet davlatlar bilan
imzolagan noteng shart-
nomalari mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga turtki
b o ‘ldi. Syogun hokim iyatini ag‘darish u chun ommaviy
harakatning asosiy kuchini samuraylar tashkil etdi. Ularga
qishloq va sharlarning boy ham da o ‘rta tabaqalari qo ‘-
shilishdi. Fuqarolar urushi natijasida syogun hokimiyati
ag‘darildi.
1867-yilda Tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator
Musuxito foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi.
Shu yili
unga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») no mi bilan
toj kiydirildi.
Meydzi islohotlarining boshlanishi.
Yaponiya uchun moder
nizatsiya davri boshlandi. Flukumat o‘z oldiga milliy an’ana-
lardan voz kechmagan, mustaqillikni to ‘la saqlab qolgan
holatda g‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish
vazifasini qo‘ydi. Dastlab agrar islohot o‘tkazildi. Bu islohot
yerni
sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga
ruxsat berdi. Natijada asrlar davomida katta yer egalari uchun
m ehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega b o ‘ldilar.
To‘g‘ri, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi. Bu soliq
qiymati hosildan olinadigan daromad haj mining 50 foiziga
teng edi. Shuning uchun ham islohotdan 10 yil o‘tgach, yer
olgan dehqonlarning atigi 1/3 qismi o‘zlariga berilgan yerni
qo‘llarida saqlab qola oldilar. Qolganlari
esa ijarachilarga
aylandilar. Shunday b o ‘lishiga qaramay, islohot qishloq
xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishini ta ’-
minladi. M a’muriy sohada o ‘tkazilgan islohot mahalliy knyaz-
lar hokimiyatini tugatdi. Knyazlar qudratini sindirish uchun
dastlab yerlarining bir qismi musodara qilindi. So‘ng ular
boshqaruv huquqidan ham mahrum etildi. Joylarda hokimiyat
imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o ‘tdi.
Flarbiy islohotga ko‘ra, Yaponiyada umumiy harbiy maj-
buriyat joriy etildi. Samuraylar awalgi qiyofasini yo‘qotdi.
124
Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo‘lish
imtiyozidan mah-
rum b o ‘ldilar. Yevropacha nusxadagi yangi q o ‘shinning
shakllantirilishi belgilandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Q o‘shin
Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta
qurollantirildi. Garchand qo‘shin yevropacha andoza asosida
tuzilgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi.
Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o‘z
davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va
o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari toqat bilan singdirildi.
Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari,
belgilari
deb hisoblandi.
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh
xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bodganligi, shuning
uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi,
imperatorga xudo Amaterasudek
mehribonlik xos ekanligi,
uning hech qachon n ohaq b o ‘lishi m um kin em asligi,
imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekan
ligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug‘
vazifasi kabi g‘oyalar ham undan-da kam boMmagan toqat
bilan singdirila borildi. Ayni paytda G ‘arb davlatlari siquviga
qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya impe-
ratori hokimiyati ostiga birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar
ham esdan chiqarilmadi.
Bu g‘oyalarni yoshlar
ongiga singdirishda ibodatxona,
qo‘shin va maktablarga katta e’tibor berildi. Bu g‘oyalar
kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit’asida olib borgan keng
k o ‘lam li b o sq in ch ilik u ru sh larin i m afkuraviy jih a td a n
tayyorlash jarayonida muhim rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: