Turkiya Yevropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‘rdi.
Yevropa davlatlari savdogarlariga katta yengillik va imtiyozlar
berila boshlandi.
M asalan, Fransiya savdogarlari
uchun atigi uch foiz
miqdorida bojxona to ‘lovi joriy etildi. Natijada Turkiya bozor-
lari Yevropa tovarlariga toMdirib tashlandi.
Bu esa mahalliy
hunarmandchilikka o ‘nglanmas zarba berdi.
Turkiya tashqi siyosatda esa,
birinchi navbatda, Angliya
va Fransiya bilan yaqinlasha boshladi.
Sultonlar nazdida ular
imperiyaning Rossiyaga qarshi kurashida ittifoqchilari bo‘lish-
lari kerak edi. Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud
vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga intildilar.
Ularning madadidan umidvor bo‘lgan
Turkiya XVIII asrda
Rossiya bilan bir necha bor urushga kirdi, biroq yengildi.
MagTubiyat Turkiyada hukm surayotgan o‘rta
asr muno-
sabatlarining butunlay chiriyotganligining namoyishi bo‘ldi.
Liga — ittifoq, birlashma.
Savol va topshiriqlar 1
2
3
4
5
1. Usmomylar imperiyasi tarixida X V I asr qanday о ‘tin tutadi?
2. Nima uchun imperiyada uzoq vaqt ichki notinchlik hukm surdi?
3. Turkiyaning Yevropa davlatlariga qaramligi qay tariqa sodir b o ‘Idi?
4. Turkiyadagi Fransiya savdogarlariga qanday imtiyozlar berildi
va nima uchun shunday qilindi?
5. Turkiya — Rossiya munosabatlari haqida nimalami bilib oldingiz?
Mustaqil ish
Siz mavzuni o ‘rganish jarayonida XVI
asr Usmoniylar imperiyasi
kuch-qudratining ch o ‘qqi asri boMganligini bilib oldingiz. XVI asr
boshlarida yurtimizda qanday yirik tarixiy voqea yuz berganligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: