Jahon tarixi


-§. XVI-XVIII asrlarda Eron



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

23-§. XVI-XVIII asrlarda Eron
Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. 
XV asr
oxirida Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir 
qancha mustaqil hududlarga boMinib ketgan edi. Buning 
oqibatida o‘zaro ichki urushlar tobora avj oldi. Bu esa mam- 
lakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Oqi-
84


batda mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashuvi Turkiya bos- 
qini xavfmi tobora kuchaytira bordi.
Bu ikki omil Eronni yagona davlatga birlashtirishni hayotiy 
zararatga aylantirib qo‘ydi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda 
katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan Ardebil shahri hokimi Ismoil I 
Safaviy tomonidan amalga oshirildi.
Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta 
hududlarni egalladi. 1502-yilda esa Tabriz shahrini ishg‘ol 
etgach, o‘zini shohanshoh deb e’lon qildi (1502—1524). Shu 
tariqa tarixga «Safaviylar davlati» nomi bilan kirgan davlat 
vujudga keldi. Bu davlat tarkibiga Erondan tashqari Ozar- 
bayjon, Armanistonning bir qismi, Afg‘oniston, janubi-sharqiy 
Iroq va boshqa hududlar kirgan. Tabriz shahri poytaxt etib 
belgilandi.
Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni 
o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi.
Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash 
maqsadida yer egaligining suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay 
bekor qildi. Uning o ‘rniga tiyulni joriy etdi.
Topshiriq
VII sinf « 0 ‘zbekiston tarixi» darsligidan qanday yer egaligiga 
suyurg‘ol deyilganligini aniqlang.
Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga bo‘y- 
sunmaslikka intilishlarini to ‘xtata olmadi.
Safaviy hukmdorlar tinimsiz bosqinchilik urushlari olib 
bordilar. Safaviylar davlati tarkibiga kirgan qaram oMkalar 
xalqlarining ozodlik kurashi shafqatsizlik bilan bostirildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin