Tiyul
— am aldorlarga xizm a t va zifa sin i bajarish
m uddatiga yo shoh oldidagi alohida x izm a ti uchun
vaqtincha yoki umrbod muddatga beriladigan yer-m ulk.
L ekin, bunday yerlarni meros qoldirish m umkin b o ‘l-
magan.
Savol va topshiriqlar 1
2
3
4
5
1. Eronda Safaviylar sulolasi qay tariqa о ‘rnatildi?
2. Safaviylar markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida
qanday tadbirlami amalga oshirganlar?
3. Safaviylar sulolasi hukmronligining barham topishi sabablarini qayd
eting.
4. Nodirshoh qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi va nega uning
hokimiyati uzoqqa ch o ‘zilmadi?
5. Qojarlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi qay tariqa yuz
beiganligi haqida nimalami bilib oldingiz?
Mustaqil ish
Eronda XVI—XVIII asrlarda hukm ron sulolalar 4 m arta al-
mashganda, Buxoroda nechta sulola almashganligini « 0 ‘zbekiston tarixi»
darsligingizdan foydalanib aniqlang va u sulolalaming nomlarini hamda
bukmronlik qilgan yillarini jadvalda aks ettiring.
II BO‘LIM
XIX ASRNING 70-YILLARIG ACH A BO‘LG AN
DAYRDA YEVROPA, AM ERIKA, OSIYO VA
AFRIKA MAMLAKATLARI
Ш BOB. XIX ASRNING 70-YILLARIGACIIA
BO‘LGAN DAYRDA YEVROPA DAVLATLARI
24-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Buyuk Britaniya
Sanoatning rivojlanishi.
Bu davrda Buyuk Britaniyada
• *
sanoat gurkirab rivojlandi. To‘qimachilik,
metallurgiya,
mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o‘rinni egalladi.
M ashinalashgan ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda
B uyuk Britaniyada mashinalar 150 min odamning qo
7
mehnatiga teng ishni bajardi. Vaholanki, bu davrda Buyuk
Britaniya aholisi 12 min kishini tashkil etardi.
XIX
asr o ‘rtalarida mashinasozlikda
turli xil dastgoh
(stanok)larning yaratilishi ishlab chiqarishda inqilobga teng
ixtiro b o ‘ldi. Stanoksozlikning rivojlanishi
m etallni qayta
ishlash imkonini berdi. Endilikda bir mashina yordamida
boshqa yana bir mashina yaratiladigan bo‘ldi.
Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo ‘-
lishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Buning akssadosi o ‘laroq,
1825-yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi tem iryo‘l
89