Parlament islohoti. 1825-yilda Buyuk Britaniya par-
lamenti ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu
qonun ishchilar o ‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqar-
di. Natijada parlament islohoti o ‘tkazish masalasi zaruratga
aylandi. Bu jam iyatda yetilgan m uam m olarni tinch yo‘l
bilan hal qilishga imkon berardi. Oxir-oqibatda 1832-yilda
parlament islohoti o ‘tkazilib, parlamentga saylov tartibi o ‘z-
gartirildi.
Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144
o‘rin ajratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy
jihatdan ham o ‘z hukm ronligini m ustahkamladi. Islohot
natijasida parlam ent quyi palatasining mamlakat siyosiy
hayotidagi o‘rni mustahkamlandi. U davlat budjetini nazorat
qilish huquqini saqlab qoldi.
Buyuk Britaniya hukum atining faqat quyi palata oldida
javobgarligi belgilab q o ‘yildi. Quyi p alata hukum atga
ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukum at iste’foga chi-
qishga majbur b o ‘ladigan tartib o ‘rnatildi.
Islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 13 yoshgacha
bo‘lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha
bo‘lgan bolalarning mehnat qilishi taqiqlandi.
Parlam ent islohoti m am lakatda saylov huquqi uchun
kurashni batamom to ‘xtata olmadi.
1836-yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov
huquqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov
huquqini kengaytirish masalasida 12 yil davomida parla
mentga uch marta xartiya (chartiya) — yorliq topshirdi. Bar-
cha erkaklarga umumiy saylov huquqi berilishi uchun bosh-
langan harakat tarixga chartistlar harakati nomi bilan kirdi.
Bu harakat garchand yengilgan bo‘lsa-da, keyingi parla
ment islohotlariga o‘z ta ’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
91
Chartistlar parlam entga xartiya olib bormoqdalar. 1867-yilda ikkinchi parlament islohoti o ‘tkazildi. Unga
ko‘ra, shaharlarda o‘z uyiga ega bo ‘lgan hamda alohida xona-
donda turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.