harbiy bazalar va o ‘z harbiy flotining juda katta ustun-
liklariga tayanib, Buyuk Britaniya XIX asrning o ‘rtalarida
eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi. Buyuk Britaniya
mustamlakalari ichida eng yirigi b o ‘lgan H indistonda Buyuk
Britaniyadagiga nisbatan taxm inan 10 baravar ko‘p aholi
yashar edi.
Buyuk Britaniya tashqi siyosatda «nifoq solib, hukmronlik
qil» qoidasini ustalik bilan qoMladi.
«Oq koloniyalar».
Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik
siyosatida «oq koloniyalar»ga katta e’tibor berdi. Amerika,
Afrika va Avstraliyaga Buyuk Britaniya va qisman Yevropadagi
ingliz tojiga bo ‘ysunuvchi boshqa mamlakatlardan ko‘chib
borgan kishilar o‘zlashtirgan hududlar «Oq koloniyalar» deb
atalardi.
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mus-
tamlakalar edi. Ayni paytda bu mustamlakalar o ‘zini-o‘zi
boshqarish uchun kurash olib bordilar. Bu kurash, ayniqsa,
Kanadada shiddatli tus oldi. Natijada Buyuk Britaniya 1867-
yilda Kanadaga
dominion
maqomini berishga majbur bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: