0 ‘zingizni sinang:
1804-yilda ... .
♦ Qit’a qamali deyilganda — ... .
♦ 1812-yilda ....
♦ «Xalqlar jangi» —
bu ... .
Burbonlar sulolasi hokimiyatining tiklanishi.
Ittifoqchi
davlatlar Fransiyada Burbonlar sulolasi hokimiyatini tiklashga
qaror qildilar. Inqilob yillari qatl
etilgan qirol Lyudovik XVI
ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga
o ‘tqazildi. Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini
imzoladilar. Unga ko‘ra, Fransiya Napoleon davrida bosib
olgan barcha hududlardan mahrum etildi.
Vaterloo jangi.
Ayni paytda
mamlakatda ichki vaziyat
murakkablashib bordi. Bunga eski feodal tartiblar tarafdor-
larining mutlaq monarxiyani tiklashni, shuningdek, qoMlaridan
ketgan mol-mulklarini qaytarib berishni
talab qilishlari sabab
bo‘ldi.
Bu, o ‘z navbatida, burjuaziya va dehqonlarni tashvishga
solib qo‘ydi. Bundan tashqari,
N apoleon davrida xizmat
qilgan zobitlar ham da davlat xizm atchilarining ishdan
bo ‘shatilishi qo‘shin va butun mamlakatda norozilik keltirib
chiqardi. V aziyatdan surgundagi N ap o leo n foydalanib
qolishga qaror qildi. Eski gvardiya va o ‘zi tug‘ilib o ‘sgan
korsikaliklardan tuzilgan harbiy
qism hamon uning tarafida
edi. Napoleon 1815-yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning
janubiga yetib keldi. Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga
qarshi yuborgan 30 ming kishilik qo‘shini ham Napoleon
tomoniga o‘tib ketdi. Napoleon 20-mart
kuni Parij shahrini
egallab, yana imperatorlik taxtiga o‘tirdi. Biroq u bu safar
hokimiyatni atigi 100 kun egallab turdi, xolos.
Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya va Prussiya) juda katta
armiyani Napoleonga qarshi qo‘ydi. Ikki o‘rtada 1815- yilning
18-iyunida Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi
Belgiya davlati hu-
dudida) hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Shu tufayli bu jang
tarixga «Vaterloo jangi» nomi bilan kirgan. Jangda Napoleon
qo‘shini butunlay tor-m or etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz
kechgan N apoleon endi uzoq
Muqaddas Yelena oroliga
surgun qilindi va u shu yerda 1821-yilda vafot etdi. Fransiyada
Burbonlar hokimiyati yana qayta tiklandi.
Dostları ilə paylaş: