Savol va topshiriqlar
1. Fransiyada Birinchi imperiya qay tariqa vujudga keldi?
2. Fansiyada Burbonlar hokimiyati qay tariqa tiklandi?
3. «Vaterioo jangi» haqida nimalami bilib oldingiz?
4. Vena Kongressi qanday masalalarni hal etdi?
5. «Muqaddas Ittifoq» qanday maqsadni ко ‘zlab tnzildi?
Mustaqil ish
«Birinchi imperiya halokati sabablari» m atn tezisini tayyoriang.
26-§. Fransiyada Ikkinchi imperiyaning
o‘rnatilishi
Iyul monarxiyasi.
1815-yilda
hokimiyati yana qayta
tiklangan Burbonlar sulolasining vakili Lyudovik XVIII
Napoleon tarafdorlaridan o‘ch ola boshladi. Ko‘plab har-
biylar otib tashlandi. Butun hokimiyat eski o‘rta asr feodal
tuzumi tarafdorlari qo‘lida to ‘plandi. Aholining atigi
bir foiziga
yaqini saylov huquqiga ega bo‘ldi. Burjuaziya, hunarmandlar,
ishchi va dehqonlarga saylov huquqi berilmadi.
1824-yilda Lyudovik XVIII vafot etdi.
Taxtni ukasi Karl X
egalladi. U o ‘z hokimiyatini yanada mustahkamlashga uri-
nib, 1830-yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni
paytda yangi parlamentga o ‘tkaziladigan saylovda saylov hu-
quqining yanada cheklanishini m a’lum qildi.
Bu esa Parij
shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Uning harakatlan-
tiruvchi kuchlari buqaziya, ishchilar,
hunarmand va talabalar
bo ‘ldi.
Inqilobning maqsadi Fransiyada respublika tuzumini o ‘r-
natish edi.
Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo‘rqqanidan chetelga
qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya — bankirlar,
yirik
sanoatchilar va katta yer egalari qo‘liga o ‘tdi. Ular mo-
narxiyani saqlab qolishga urindilar. Buning asosida monarxiya
va respublika tarafdorlarining
bir-biriga yon berib, o ‘zaro
m urosada yashashlariga erishish m aqsadi yotardi. Shu
maqsadda taxtga Burbonlarning qarindoshi orleanlik Lui Fi
lipp o‘tqazildi. Shu yo‘l bilan monarxiya saqlab qolindi.
Bu
hodisa iyul oyida ro ‘y berganligi tufayli tarixga «Iyul monarxiyasi»
nomi bilan kirdi.
Uning davrida mamlakat yangi Konstitutsiyasi
98
qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyada so‘z, matbuot, yig‘inlar
o‘tkazish erkinliklari e’lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh
va mulk
senz
lari kamaytirildi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini
chekladi,
ayni paytda, parlamentning rolini oshirishni ko‘zda
tutuvchi moddalar kiritildi.
Dostları ilə paylaş: