Jahon tarixi


 1 -%. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

2 1 -%.
XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Germaniya va Italiya
Germaniyada inqilobning sabablari. 
G erm aniya 
inqilobining asosiy sababi — o ‘rta asr feodal tartiblar- 
ning kapitalistik taraqqiyotiga to ‘siq bo‘lib kelayotganligi 
edi. Buning natijasida Germaniyada hamon siyosiy tarqoqlik 
hukm surardi. Oqibatda, yagona umumiy bozor vujudga 
kelmadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi boshqa 
ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Z o‘ravonlikka asoslangan
1 0 1


davlat apparati har qanday hurfikrni qatag‘on qilar edi. Bu 
omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. 
Inqilobning asosiy maqsadi — Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga
barham berish va feodal tartiblarni tugatish edi.
Inqilobga bur- 
juaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori b o ‘lgan 
m o‘tadil qismi rahbarlik qildi.
1848-yilgi inqilob. 
Yevropaning boshqa davlatlarida 1847- 
yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Germaniyani ham chetlab 
o‘tmadi. Bu inqiroz ishsizlikning ko‘payishiga, ish haqining 
pasayishiga olib keldi. Barcha tovarlar, jumladan, oziq-ovqat 
mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Oqibatda, och qolgan 
aholi ko‘chaga chiqdi. Fransiyada boshlangan 1848-yilgi fevral 
inqilobi ta ’sirida 18-mart kuni Berlinda qo‘zg‘olon boshlandi. 
Berlin ko‘chalari barrikadalar bilan qamrab olindi. Tun bo‘yi 
shiddatli ko‘cha janglari davom etdi. Shunday sharoitda Prus- 
siya qiroli murosa yo‘lini izlashga majbur bo ‘ldi va Millat 
majlisiga (parlament) saylov belgilashga hamda Konstitutsiya 
ishlab chiqishga va’da berdi. Siyosiy vaziyatning biroz bo‘lsa- 
da yumshashiga erishgan qirol hokimiyati inqilobni bosti- 
rishga erishdi. Shunday b o ‘lsa-da, inqilob butunlay izsiz 
ketmadi.
1848-yilda Prussiya qirolligida konstitutsiya joriy etilishi- 
ning o‘zi katta siyosiy voqea edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin