Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

40
Iste’fo (arabcha — vazifadan chekinish) — mansab vazi-
fasidan ketmoq.
Konsentratsiya (lotincha — birga, markaz) ~ biror
narsaning muayyan bir joyda to ‘planishi.
Dominion — o ‘z in i- o ‘zi boshqaradigan qaram yer,
о ‘Ika.
Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
1. Buyuk Britcmiyada sanoat rivojlcmishi va lining oqibatlari haqida
nimalami bilib oldingiz?
2. «Sanoat to ‘ntarishi tugallandi» degan iboraning mazmunini izohlab
bering.
3. Buyuk Britaniyada parlament islohoti uchun olib borilgan kurash
qanday yakun topdi?
4. Buyuk Britaniyaning eng yirik mustamlakachi davlat bo ‘Iganligiga
misollar keltiring.
Mustaqil ish
Yangi tarix birinchi bosqichi (XVI—XVIII asrlar)ning asosiy tarixiy 
voqealari sinxronik jadvalini tuzing.
93


25-§. Fransiyada Birinchi imperiya va uning
halokati
Fransiyada Birinchi imperiya. 
1799-yilgi davlat to ‘n- 
tarishidan so‘ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan 
Napoleon Bonapart endi yakkahokimlikka intila bosh- 
ladi. Shuning uchun u dastlab o‘zining umrbod konsul deb 
e’lon qilinishiga erishdi. 1804-yilda esa Senatdan uni «Fran- 
suzlar imperatori Napoleon F> deb e’lon qildi. Shu tariqa, 
Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya 
zodagonlarga emas, yirik buquaziyaga, qo‘shin va davlat 
amaldorlariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi.
Istilochilik urushlari. 
Napoleon katta istilochilik urushlari 
olib bordi. Chunonchi, qisqa muddat ichida dastlab Avstriya 
poytaxti Vena va Prussiya poytaxti Berlin shaharlarini egal- 
ladi. 0 ‘z g‘alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Bri- 
taniyaga nisbatan qit’a qamali e’lon qilinganligi haqidagi dek- 
retni imzoladi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram barcha davlat - 
larning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiqlandi. 
N apoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani 
bo‘g‘ib tashlash edi.
Qit’a qamali Fransiyani Yevropa va jahon hukmronligi 
uchun o‘z tinkasini quritadigan urushga duchor etdi. Rossiya 
Fransiyaning Yevropadagi barcha g‘alabalarini tan olishga va 
1807-yilda Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq to ‘g‘risida 
shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi. Bu shartnoma tarixga 
«Tilzit shartnomasi» nomi bilan kirdi. Shartnomaga ko‘ra, 
Rossiya Buyuk Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga 
qo‘shilish majburiyatini oldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin