Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
«Men bilan sizlarning oramizda Alloh taolo va Kitob – Qur’on ilmidan xabardor
bo‘lgan har bir kishi yetarli guvohdir»
(43-oyat).
Yana Alloh taolo Naml surasida aytadi:
«Kitob (Lavhul mahfuz)dan ogohligi bor bo‘lgan bir zot esa: «Men uni senga
keltirurman», dedi»
(40-oyat). Bu oyatda Alloh taolo
Sulaymon alayhissalomning
kotiblari ilm quvvati bilan mazkur ishga qodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Qasas surasida aytadi:
«Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan
va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!»
(80-oyat). Bu oyatda ham Alloh taolo oxiratdagi ajr-mukofotning
buyukligi ilm bilan
bo‘lishini bayon etyapti.
Ankabut surasida aytadi:
«Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni
faqat ilm egalarigina anglay olurlar»
(43-oyat).
Niso surasida esa bunday deydi:
«Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan)
payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni
(ya’ni, mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan
bilgan bo‘lar edilar»
(83-oyat). Alloh bu oyatda
voqealar hukmini olimlar va
amirlardan
olishni buyurib, Allohning hukmini tushunishda
ularning martabalarini
payg‘ambarlar rutbasiga yaqin qildi.
A’rof surasidagi:
Dostları ilə paylaş: