Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi:
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Alloh
yaxshilikni iroda qilsa,
uni dinda faqih (teran anglovchi) (sollallohu alayhi vasallam) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsatadi».
4
Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: «Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir».
5
Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga
merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olimga yerdagi va
osmondagi barcha narsalar istig‘for aytadi».
6
Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi
maloikalar istig‘for aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?!
4
. «Dinda faqih qilib qo‘yadi» so‘zigacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Tabaroniy rivoyatlarida
ziyodasi bilan
kelgan.
5
. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar Abu Dardodan rivoyat qilishgan.
6
. Yuqorida Abu Dardodan qilingan hadisni davomi.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana marhamat qiladilar: «Hikmat sharafli
kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko‘taradi».
7
Bu
hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinyapti. Ammo oxiratdagi mevasi undan-
da xayrli hamda abadiydir.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ikki
xislat borki, munofiqda hargiz
bo‘lmaydi: chiroyli xulq va dinda faqih bo‘lish».
8
Zamonamizdagi ba’zi faqihlarning munofiqligini ko‘rib, bu hadisga shubha bilan qarama.
Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) sen gumon qilgan ma’noni iroda
qilmaganlar. Fiqhning ma’nosi endi keladi. Faqihlikning eng past darajasi oxirat diyori bu
dunyodan yaxshiroq ekanini bilishdir. Agar bu ma’rifat
faqihda tasdiq topsa, nifoq va
riyodan xalos bo‘ladi.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Odamlarning afzali hojat
tushsa, foyda beradigan, behojat bo‘linsa, o‘ziga foyda beradigan iymonli olimdir».
9
7.
Abu Nu’aym, Ibn Abdulbar va Abdulg‘ani Azdiylar Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
8.
Termiziy g‘arib isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy esa «Sahih» kitoblarida zikr qilgan.
9.
Bayhaqiy zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir,
uning libosi
taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir».
10
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin
odamlar ilm va jihod ahlidir. Ilm ahli payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarni odamlarga
yetkazadilar.
Jihod ahli esa, payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarning himoyasi uchun
qilichlari bilan jang qiladilar».
11
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir qabilaning o‘limi bir olimning
vafotidan yengilroqdir».
12
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: