Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
bir gunoh qilsa,
libos undan olinmasligi uchun, unga uch marta tanbeh beradi. Garchi,
bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)».
Ahnaf ibn Qays (r.a.) aytadilar: «Olimlar ehtiromga loyiq buyuk insonlardir. Ilm bilan
mustahkamlanmagan har qanday ulug‘likning oqibati xorlikdir».
Salim ibn Abul Ja’d aytadilar: «Meni bir ulug‘ zot uch yuz dirhamga sotib olib,
qullikdan
ozod etdi. Shundan so‘ng men ilm o‘rganishga qaror qildim. Hech qancha vaqt
o‘tmasdan, shahar amiri ziyoratimga keldi, men unga
huzurimga kirishiga ruxsat
bermadim».
Zubayr ibn Abu Bakr aytadilar: «Otam Iroqdan menga yozgan bir maktubida shunday
deb nasihat qilgan edi: «Ilm o‘rgan, zero, faqir chog‘ingda u mol, boy vaqtingda jamol –
ziynatdir».
Luqmon (a.s.) o‘g‘liga bunday nasihat qilganlar: «Ey o‘g‘lim, sen olimlar bilan o‘tir.
Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon
suvi bilan tiriltirgani kabi, qalblarni
hikmat nuri bilan tiriltiradi».
Hukamolardan biri aytadi: «Agar olim kishi vafot etsa, uning
vafotiga suvdagi baliqlar,
osmondagi qushlar yig‘laydi. Uning jismi yo‘q bo‘lsa-da, chiroyli zikri nomi
unutilmaydi».
Zuhriy aytadilar: «Ilm mardlikdir. Uni faqat mard erkaklar sevadi».
Dostları ilə paylaş: