254
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul
shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi.
Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel
beruvchining tasarrufida
bo’ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo’lib, u qat’iy belgilangan shaklda
tuziladi. O’z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so’zsiz pul majburiyatlari deb
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So’zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to’lanishi
qandaydir
shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni
to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan
begona sharoitlarga
bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki,
uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel
majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga
korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki
xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy
veksel qarzdor
tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan
muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi:
bir tomondan
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib
hisoblanadi.
O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel
kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani
belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan
buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor
255
tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi.
Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi
emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi
bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor
to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi
vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro
qanday
munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi
to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi
oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni
o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-
o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda
ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi
ikkinchi
tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi
bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida
uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan
akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: