287
kir yuvish mashinasi uchun - 768000 so’m.
2) Xodimlarga mеhnat haqi to’landi:
chang yutkich uchun - 153600 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun - 409600 so’m.
3) Buyurtmalar b’oyicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
chang yutkich uchun - 38400 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun - 102400 so’m.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
chang yutkich uchun – 288000+153600+38400=480000 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun – 768000+409600+102400=1280000 s’om.
Ushbu ma'lumotlar b’oyicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha
bo’ladi:
chang yutkich uchun - 480000 / 6 = 80000 so’m;
kir yuvish mashinasi uchun – 1280000 / 8 = 160000 so’m.
Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo’yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish
tizimi quyidagicha tavsiflanadi:
- sarflar haqidagi ma’lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor
mahsulotning alohida seriyalariga o’tkazish bilan;
- xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan guruh (partiya)
bo’yicha o’zgarishi bilan;
- bosh kitobda debet qoldig’ida tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi
ko’rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan.
Dostları ilə paylaş: