273
holda qabul qilingan qarorlarning natijasidan iqtisodiy naf olishdir. Shuning uchun
ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish uchun ketgan xarajatlarni uning
ma’lumotlariga asosan qabul qilingan qarorlardan ko’rilgan iqtisodiy naflar
qoplasa va ulardan ortiqcha bo’lsagina ushbu tizim tashkil qilinadi.
Ushbu holatda shuni ham e’tiborga olish lozimki, tegishli qarorlardan olingan
naflar darhol ko’zga tashlansa ham boshqaruv hisobi tizimini joriy qilish sarflarini
qoplash uzoq vaqt davom qilishi mumkin. Shuning uchun boshqaruv hisobining
iqtisodiy samardorligi uni qo’llash doirasiga va ma’lumotlarni yig’ish va ularga
ishlov berishni avtomatlashtirish darajasiga bog’liq. Amaliyotda mamlakatimizda
buxgalteriya hisobi tasdiqlangan umumiy schyotlarning rejasiga asosan
(integratsiyalashgan) yuritiladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobining integrallashgan tizimini yaratish eng
avvalo tasdiqlangan schyotlarning rejasiga asoslangan holda schyotlar rejasini
ishlab chiqish va hisob siyosatiga kiritishdir.
Dostları ilə paylaş: