288
boshqaruvning me’yoriy tizimini milliy xo’jalik tarmoqlari darajasida va bir
subyekt ramkasida qo’llashni muhim qilib qo’yadi.
Хarajatlarni boshqarishning me’yoriy tizimi o’zi bilan rejalashtirish,
me’yorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot
tannarxini kalkulatsiya qilish, xarajatlarning me’yori
asosida iqtisodiy tahlil va
nazoratni ro’yobga chiqarish bo’yicha muolajalarning jamlamini aks ettiradi.
Uning asosiy maqsadi bo’lib ishlab chiqarish omillarini to’liq ishlatish va
xo’jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan
iborat:
subyektning oldiga qo’yilgan masalalarni yechishni ta’minlovchi me’yorlar
asosida xarajatlarni rejalashtirish;
me’yor va me’yorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari
bo’yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yo’li bilan
xarajatlarni
hujjatlashtirish;
xarajatlarni buxgalteriya hisobining schyotlarida ularning me’yorlari va
undan chetga chiqishlarni aks ettirish;
chetga
chiqishlar
boshqaruvning
chiziqli
personali
tomonidan
boshqaruvning har bir darajasida tannarxning shakllanish jarayoniga tezkor
aralashish maqsadida olib boriladi.
Kalkulatsiya qilish xarajatlarning me’yoriga asoslanadi, me’yordan chiqib
ketishlar ularning vujudga kelishi bo’yicha buxgalteriya
hisobining schyotlarida
ishlab chiqarish natijasining ko’payishi yoki kamayishi sifatida ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxini
kalkulatsiya qilishni hisobini me’yoriy usuli boshqalardan ko’proq xarajatlarni
boshqarishni me’yoriy tizimining talablariga javob beradi. O’zining universal
xususiyati tufayli u xalq xo’jaligining hamma tarmoqlariga tatbiq etishga tavsiya
qilingan. Me’yoriy boshqaruv hisobiga me’yoriy rejalashtirish va ishlab
chiqarishga bo’lgan xarajatlarning tizimi sifatida qarash qabul qilingan. Bu
289
tizimning asosiy elementlari: mahsulotning
ishlab chiqarish muddatlarini, uning
tarkibi va sifatini me’yorlash; iste’mol, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni,
shuningdek ishlab chiqarish vositalarini sarflash va ishlatishning me’yoriy
asoslanishi; me’yor va me’yorlashtirishlar asosida iqtisodiy samaradorlikni
rejalashtirish, hisoblash va baholash hisoblanadi.
Birinchi element to’g’ridan-to’g’ri butun subyekt, asosiy ishlab chiqarish
sexlari bo’yicha va brigadalarning ishlab chiqarish topshiriqlarini
hisobga olgan
holda mahsulot ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali
rejalashtirish
bilan bog’liq. Тizimning ikkinchi elementi ishlab chiqarish bo’linmalarining
moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini hisoblash uchun, sarflash
me’yorlari bo’lgan material va mehnatga haq to’lash me’yorlarini ishlatishni
hisoblash uchun yagona me’yoriy asosning mavjudligini ko’zda tutadi. O’z
navbatida ishlab chiqarishni hajmli, kalendar va nomenklaturali rejalashtirish
iste’molni mehnatni me’yorlash bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini
me’yoriy asoslashsiz mumkin emas.
Shunday qilib, tizimning ikkala elementi ham ishlab chiqarishni
tayyorlashning konstruktorlik, texnologiya, tashkiliy
va iqtisodiy bosqichlarini
qamrab oladi. Ular chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot nomenklaturasi bilan
cheklangan, mehnatning tashqi va subyektning ichki kooperatsiyasiga asoslangan.
Bu holat ishlab chiqarishning tabiiy asosini tarkib etuvchi rejalashtirish va
hisobning ustuvorligi haqidagi xulosani yana bir marta ta’kidlaydi.
Bir subyektda xarajatlarni hisobga olishning usulini tanlash ushbu
subyektning tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lekin
umumiy taklif sifatida ushbu xarajatlarni hisobga olishning me’yoriy
hisobini
tashkil qilishning uchta turini ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: