Omillar
Yangi foyda,
so’m
Foydaning o’sishi
So’m
%
A. Sotuv narxining ko’tarilishi
90000
+30000
+50
B. Mahsulot birligiga bo’lgan
o’zgaruvchan
xarajatlarning
pasayishi
80000
+20000
+33
V.
Doimiy
xarajatlarning
pasayishi
64000
+4000
+7
G. Ishlab chiqarish hajmining
oshishi
70000
+10000
+17
Mazkur hisoblar omillar bir-biriga bog’lanmagan holda harakat qiladigan
sharoitda amalga oshiriladi. Lekin amaliy holat bu omillarning to’liq bir-biriga
aloqadorligini va boshqalarning ta’sir ko’rsatishini chiqarib tashlamaydi,
shuningdek, sotib oluvchilarning talablarini, raqiblarga yo’naltirilgan tezkor narx
siyosatini va boshqalarni. Undan tashqari, maxsus buyurtmalarga narx o’rnatishda
ozod ishlab chiqarish quvvatlarini hisoblashda yoki ularning yetishmasligidan
qiyinchiliklar sodir bo’ladi. Bunday holatlarda narxning shakllanishi nafaqat bozor
bilan, qo’shimcha sarmoyalar bilan ham bog’liq bo’ladi.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish konsepsiyasini ishlab chiqish olib
boriladigan siyosat, reja va ish tajribasini aniq tahlil qilishni talab qiladi. Bunda-
335
nihoyatda
yangi
mahsulot
yoki
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
modifikatsiyasi muhimdir.
Yangi deb, yangi xususiyatlarga ega bo’lgan va mavjud bo’lgan
assortimentga qo’shiladigan mahsulotga aytiladi. Buyumlar absolut yangi bo’lishi
mumkin yoki mahsulotni o’zi o’zgartirilmasdan yangi uskunalar va
mexanizmlarning kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin.
Absolut yangi mahsulotni ishlab chiqarish qo’shimcha sarmoyalarni talab
etadi. Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha qarorlarni qabul
qilish investitsiyalar bo’yicha qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog’liq
bo’ladi, subyekt boshqaruvining yuqori darajasida amalga oshiriladi.
Sarmoyalarni boshqarishning maqsadi- quyidagi sohalarda asosiy strategik
yo’nalishlarni aniqlash: yangi mahsulotni ishlab chiqish va tatbiq etish; ishlab
chiqariladigan mahsulotni modernizatsiya qilish va takomillashtirish; odatdagi
mahsulotni ishlab chiqarishni keyinchalik rivojlantirish; eskirgan mahsulotni
ishlab chiqarishdan olib tashlash hisoblanadi. Ammo yangi turdagi mahsulotni
ishlab chiqarish boshqa hamma yo’nalishlarni aniqlovchi subyektning
strategiyasida prioritet yo’nalish bo’lib qolmoqda. Innovatsion menejmentini
tuzish quyidagi formulani taklif etadi:
"Fan Ishlab chiqarish Mahsulot"
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiya siyosatini qaror
qabul qilishda kerak bo’lgan ko’rinish, hajm va ma’lumot mazmunini topshiradi.
Innovatsiya jarayonini 6ta bosqichga bo’lish mumkin:
1.
Bozordagi texnologik yangi o’zgarishlar, ilmiy-izlanish va tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish bo’limlaridan (IIТKI), marketing bo’linmalaridan,
sotuv bo’limi appartidan, savdo dallollaridan, xaridorlardan tushadigan
ma’lumotlarni yig’ish va tizimlash; subyektni yangi mahsulotni ishlab chiqarish va
tatbiq etish, tavakkalchilik darajasi va miqdorini aniqlashda mavjud imkoniyatlari
336
haqidagi maqsadli bozorlar va ularning rivojlanish tendensiyalari haqidagi
ma’lumotni yig’ish va tizimlash.
Ma’lumotni yig’ish va tizimlashning bu bosqichida mahsulotga bo’lgan
talabga ta’luqli omillar aniqlanishi kerak. Qiyinchiligi shundaki, bir xil
mahsulotlar talabni qondirish uchun mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari esa talab va
bozorni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Izlanish ishining eng boshida
bozorni tahlil qilish mahsulotning standartlarga to’g’ri kelishini, uning xaridorlar
uchun ko’zga tashlanishini, katta va kichik guruhlarda sotish hajmlarini
o’rnatishga imkon beradi.
2.
Yangi mahsulot g’oyasiga ta’lluqli ma’lumotni tanlash, g’oyalarning
imkoniyatlari va amaliy sotishsini aniqlash; yangi va eski mahsulotlarning
texnologiyasida o’xshashliklar va farqlarni aniqlash; yangi mahsulot subyektning
ixtisosligiga to’g’ri kelishi; bo’lajak buyumning patent tozaligini aniqlash.
3.
Yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish marketing
dasturini ishlab chiqish bilan birga amalga oshiriladi: mahsulotning loyihasini
texnik ishlab chiqish; mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifini tanlash, uning sifati
va iste’mol xususiyatlarini baholash; sotuv talabi va hajmini baholash; yaratish va
o’zlashtirishga ketgan sarflarni aniqlash, sarflarining qoplanish muddatlari; ishlab
chiqarish uchun zarur resurslarning mavjudligi- mashina, uskuna, xomashyo,
materiallar, ishchi kuchi va moliya; mahsulotni o’zlashtirish va u bilan birga
bozorga chiqish muddatlari; ishlab chiqarishning foydaliligini tahlil qilish va
baholash.
4.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarishni tashkil etish- yangi buyumni ishlab
chiqarishda band bo’lgan har bir ishlab chiqarish bo’linmasi uchun ishlab
chiqarish hajmini rejalashtirish; namunani yaratish va ekologik jihatdan, xavfsizlik
jihatdan texnik sinashlarni o’tkazish va boshqalar; tovarning nomlanishini, uning
tovar belgisini, bezatish, qadoqlash va markirovka qilishni ishlab chiqish.
337
5.
Cheklangan bozorda mahsulotga bo’lgan narxga va boshqa tijorat
shartlarga nisbatan uch oydan kam bo’lmagan muddatda izlanishlar olib borish;
sotish qilishni muqobil kanallarini tanlash; reklama vositalari va usullarini tanlash.
6.
Sotuv hajmi, mahsulotning rentabelligi, talab va taklifni qondirish darajasi,
xaridorlar bilan bo’lgan aloqaning bir maromliligini; ishlab chiqarish quvvatlari,
resurslari, xodimlarning malakaviy tarkibini; ishlab chiqarish va sotuvga
sarflangan umumiy summasini, moliyalashtirish manbalari, hisoblash davriga
bo’lgan foyda va zarar bo’yicha ko’zlanayotgan natijalarni hisoblash asosida yangi
mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqida qaror qabul qilish.
Yangi mahsulot ustidan izlanish olib borish va yaratish bosqichlarida muhim
masala bo’lib bu maqsad va sotish hajmiga bo’lgan sarflarning nisbatini, ishlab
chiqarish sarflari va yalpi foyda (marjinal daromad)ning nisbatini aniqlash turadi.
Qaror qabul qilishda muhim xususiyat bo’lib butun subyekt bo’yicha sotish
hajmiga va boshqa buyumlar sotishsining hajmiga yangi mahsulotni tatbiq etish
ta’sirini baholash qo’llaniladi, shuningdek yaratishga, ishlab chiqarishga, sotishga,
reklamaga ketgan xarajatlarning qoplanish vaqtini baholash qo’llaniladi.
Yangi mahsulotni yaratishning samaradorligini baholashning turli usullari
mavjud: ekspert baholash; foydaning kutilayotgan me’yori; ehtimolli yondashish;
kutilayotgan foydaning dinamikasini baholash; baholash kriteriyalarining ko’p
o’lchamligi; tarmoqni jalb qilish qobiliyati, raqiblarning unga ta’siri va kirishi;
hozirda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni takomillashtirish uchun yangi
yaratmalarni qo’llash imkoniyatlari; yangi mahsulot ishlab chiqarish va sotuvini
subyektning moliyaviy faoliyatiga ta’siri.
Mahsulotning muvaffaqqiyatligi ko’p jihatdan mahsulotga narx o’rnatish
bilan kafolatlangan. Mahsulotga bo’lgan narxni belgilashning asosiy kriteriyasi
eski yoki shunga o’xshash mahsulotning narxi xizmat qiladi.
Bozorning talabi va undagi mahsulotlar doim o’zgarib turganligi sababli
yangi mahsulotning paydo bo’lishi boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum
338
bo’ladi. Shundan, reklama kompaniyasini kengaytirish, reklama qilinayotgan
mahsulotning funksional roli, o’xshagan parallel mahsulotni ishlab chiqarish,
bunday mahsulot uchun "o’zining" bozorini yaratish yoki talab qayishqoqligini
hisobga olgan holda uncha ko’rimsiz bo’lgan mahsulotlarga narxni belgilash.
Тurli holda yangi mahsulotga narxni o’rnatish va hisoblash uchun sarflar va
foyda koeffitsiyentlari, sotish nuqtasi va mahsulotning zararsizlik grafigi
ishlatiladi. Qator loyihalarning mavjudligida yirik subyektlar birdaniga bir
nechasiga sarmoya kiritadi, keynchalik esa, qaror qabul qilingandan, mahsulot
tekshirilgandan so’ng ularni tanlashni boshlaydi. Ayrim hollarda o’tmishdagi
"omadsiz" mahsulot kelajakda "omadli" bo’lib ketadi. Mahsulot narxining va
qiymatining to’g’ri kelishini o’rnatish uchun bu ko’rsatkichlar bo’yicha hisobotlar
tuzish tizimi tez va samarali bo’lishi kerak, buxgalteriya hisobotlariga qo’shimcha
qilib buxgalterlar yangi mahsulotning hulqini tavsiflovchi alohida jadvallar
tuzishlari kerak.
Mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uning sotishsini tekshirish jarayoni
o’tkaziladi. Yangi mahsulot sotishsining tezligi va sotish qiymatiga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar haqidagi ma’lumot buxgalteriya hisobotida ro’yxatga olinadi.
Undan tashqari, yangi mahsulotning bozordagi hulqini o’rganishning boshqa
usullari ham qo’llaniladi. Bu- pochtali korrespondensiya, savolnoma yoki telefon
yordamida xususiy shaxslarni savol-javob qilish. Yangi mahsulotni baholashdan
tashqari xaridor tomonidan mazkur mahsulot sotib olingan sharoitlar o’rganiladi,
bu esa narxni aniqlashda, bo’lajak mahsulotlarni baholashda va reklamada muhim
o’rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |