324
Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq
moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga
qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi.
Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni
kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar
umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki
mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir
qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi
bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining
xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi
hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini,
mahsulot turi, ish vaqtidan
to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning
assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish
quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud.
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish
xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq
rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va
assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Bir
subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy
muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish;
har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning
kutilayotganidan
chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish,
o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan
ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga
va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash.
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun
ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun
sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik
325
chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini
aniqlashga imkon beradi.
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik
nuqtasini hisobga
olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi:
Kutilgan foydani olish uchun
sotilgan mahsulot birligining
miqdori
=
Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda
Birlik mahsulotning narxi
Oldingi misolning ma’lumotlari bo’yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240
dona ya’ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish
kerak.
Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida
quyidagi tenglama yotadi:
Yalpi foyda (yoki
marjinal daromad)
=
Mahsulotni sotishdan
tushgan daromad
-
O’zgaruvchan
sarflar
Bizning misol uchun yalpi foydaning chizmasini tuzish quyidagi rasmda
ko’rsatilgan (9.4-chizmaga qarang).
Sarflar
va
daroma
d, m.s.
400000
Ishlab chiqarish hajmining qulay
diapazoni(maydoni)
350000
S
300000
250000
327
Shunga e’tibor
qaratish lozimki, ishlab chiqarishning belgilangan maydoni
(diapazoni) chegarasida qarorlar qulay bo’ladi. Bu maydon (diapazon)dan
tashqarida mahsulot birligiga bo’lgan sotish narxi va o’zgaruvchan sarflar
boshqacha bo’ladi. Ayrim hollarda tahlil uchun xavfsizlik hududi, shuningdek
xavfsizlik chegarasining koeffitsiyenti hisoblab chiqiladi:
Хavfsizlik hududi =
Rejalashtirilayotgan
sotish hajmi
-
Zarasizlik
nuqtasidagi
sotish hajmi
Хavfsizlik
chegarasining
koeffitsiyenti
=
Rejalashtirilayotgan
sotish hajmi
+
Zararsizlik nuqtasidagi
sotish hajmi
Rejalashtirilayotgan sotish hajmi
Zararsizlik nuqtasi xavfsizlikning chegarasini ko’rsatmoqda. U subyektning
zarar ko’rishidan oldin sotish hajmi qanchaga qisqartirilishi mumkinligini
ko’rsatmoqda.
Mahsulotning
rentabelligi
=
Mahsulot birligiga ta’luqli marjinal daromad
Mahsulot birligining narxi
x 100
Umumiy tahlildan so’ng har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimenti
tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilmalarning jadvali tuziladi (9.3-
jadvalga qarang).
9.3-jadval
Mahsulotning assortimenti tomonidan foydaga qilingan individual qo’yilma
Mahsulot
Mahsulotning
rentabelligi, %
Marjinal daromad,
so’m
Mahsulotning
assortimenti tizimi,
%
328
A
62
10000000
20
B
60
20000000
40
V
50
20000000
40
Yalpi marjinal
daromad
50000000
100
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, V mahsuloti eng kam rentabellidir. Shu
mahsulotni ishlab chiqarish natijasida umumiy rentabellik tushib ketgan.
Jadval
ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, rentabellik foyda bo’yicha 14,5dan 16 %gacha
o’sgan bir davrda marjinal daromad bo’yicha hisoblanganda esa 61%dan 55,9 %ga
tushib ketdi. Umumiy yalpi marjinal daromadning 40 %ni egallagan V mahsuloti
ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi va marketingi haqida ma’lumot olingan
sari kamayadigan ma’lum boshlang’ich xarajatlarning mavjudligi aniqlandi. V
mahsuloti boshqa mahsulotga nisbatan yuqori narxga ega. Bu sharoit
mahsulotning assortimentini o’zgartirish uchun rahbarlar tomonidan qaror qabul
qilishga olib kelsa ajab emas.
Mahsulotning hajmi va assortimentiga yanada keng qarash maqsadida ko’p
pog’onali segment hisobi ma’lumotlariga asoslangan segment tahlili usuli
qo’llaniladi (9.4-jadvalga qarang).
9.4-jadval
Mahsulot hajmi va assortimentining segment tahlili
Dostları ilə paylaş: